Bu yil katta savdo mobaynida o‘zbekistonliklar Uzum Market va Uzum Tezkor servislarida 2,4 milliondan ortiq buyurtma berishdi. Uzum Tezkor kunlik buyurtmalar soni bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatdi — talab o‘tgan yilga nisbatan 38% ga oshdi, restoran va kafelarning maxsus takliflari esa har 24 soatda yangilanib turdi. Sotuvchilar ham yuqori mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rishdi: bu yil Uzum Market’dagi “11.11” katta savdosida 500 mingdan ortiq tovarlar taqdim etildi — bu bir yil avvalgidan uch barobar ko‘p.

O‘zbekistonliklar nafaqat chegirmalardan, balki Uzum Bank bonuslari va Uzum Nasiya muddatli to‘lovlaridan ham faol foydalandilar — Uzum kartasi katta savdo paytida to‘lov usulini tanlash chastotasi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi, Uzum moliyaviy servislari orqali to‘lovlar ulushi esa 45% ni tashkil etdi. Karta orqali to‘lashdagi chegirmalar o‘zbekistonliklarga qariyb 5 milliard so‘m tejash imkonini berdi, bu yil “11.11"dagi o‘rtacha xarid cheki 2024-yildagi katta savdoga qaraganda 27 foizga yuqori bo‘ldi.

Uzum Market foydalanuvchilari uchun savdo — bu xo‘jalikda doimo kerak bo‘ladigan tovarlarni g‘amlash va Yangi yil bayramiga tayyorgarlikni boshlash uchun imkoniyat. O‘zbekistonliklarning buyurtmalarida ko‘pincha eriydigan qahva, kanselyariya buyumlari, parvarish va dekorativ kosmetika, maishiy kimyo va, albatta, elektronika — smartfonlar, simsiz quloqchinlar va aksessuarlar uchrab turdi.

“Yuqori mavsum — bu shunchaki katta savdolar davri emas, balki xaridorlar xatti-harakatining qanday o‘zgarayotganini ko‘rsatuvchi omil. Biz foydalanuvchilar oldindan savatlarni yig‘ib, yirikroq xaridlarni rejalashtirayotganini va eng foydali takliflarni izlayotganini ko‘ryapmiz. Va nafaqat Toshkentda, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab ham faollik ortib bormoqda. Sotuvchilar ham bu o‘zgarishlarga moslashmoqda: assortimentni kengaytirmoqda, yangi tovarlarni olib kelmoqda va qo‘shimcha takliflar tayyorlamoqda. Mavsum shu bilan tugamaydi — oldinda yangi aksiyalar va oy davomida 50% gacha chegirmalar mavjud bo‘ladi”, — dedi Uzum Market biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Vladislav Saxarov.

Uzum Market — mamlakatning 420 ta shahar va aholi punktlarida faoliyat yuritadigan milliy marketpleys. Uning tarmog‘ida 1200 dan ortiq buyurtma topshirish punktlari, shu jumladan, chekka hududlarda ham mavjud. Platformada yirik brendlardan tortib kichik va o‘rta biznesgacha bo‘lgan 17 000 dan ortiq sotuvchi o‘z mahsulotlarini sotmoqda.

Uzum Tezkor — O‘zbekistonning 26 shahrida faoliyat yurituvchi milliy taomlar va tovarlarni yetkazib berish servisi. Servis 7000 dan ortiq kurer bilan hamkorlik qiladi, ular 3000 ta restoran va do‘konlardan — yirik tarmoqlardan tortib mahalliy muassasalargacha — buyurtmalarni yetkazib berishadi.

Reklama huquqlari asosida.