19-noyabr kuni prezident raisligida kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta‘minlash borasidagi ishlar sarhisobi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi.

Unda ish o‘rinlarini “soyadan chiqarish” masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Mahallalarda hokim yordamchisi, soliq inspektori tushuntirish ishlarini olib borishi, manzilli ishlab, kelasi yilda kamida 250 mingta xodimni legallashtirishi muhimligi qayd etildi.

Yaqinda ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha imzolangan farmonga muvofiq, xususiy sektordagi ishchilarga ham kasallik va dekret pulini davlat to‘lab beradi. Bu ham “soyadan chiqib”, rasmiy ishlash uchun katta turtki bo‘ladigan muhim mexanizm ekani ta‘kidlandi.

Shu bois, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va viloyat hokimlariga bu tizimni samarali ishlatib, kelgusi yilda 100 ming, 2027-yilda yana 200 ming ish o‘rnini “soyadan chiqarish” choralarini ko‘rish topshirildi.


Spot, avvalroq, endi ish vaqtidan tashqari mehnat uchun kamida 1,5 baravar to‘lanishi haqida yozgandi.