Prezident O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish bo‘yicha qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Universitet o‘z faoliyatini O‘zbekiston qonunchiligi talablari hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida amalga oshiradi.

OTMda dastlabki bosqichda magistratura, keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, universitetga kirish uchun tayyorlov kursi joriy etiladi. Taʼlim jarayoni maqsadli davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bitiruvchilarga universitet diplomi va Fransiyada akkreditatsiyadan o‘tgan taʼlim dasturlari bo‘yicha konsorsium tarkibiga kirgan tegishli Fransiya universitetining diplomi beriladi.

Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekistonda tan olinadi.

2024-yilning sentabrida Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya universiteti tashkil etilishi haqida yozgandi.


Spot, avvalroq, Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi tashkil etilishi haqida yozgandi.