Qozog‘istonning QazaqGaz milliy kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Intergaz Markaziy Osiyo kompaniyasi O‘ztransgazga qarshi “Astana” Xalqaro moliyaviy markazining hakamlik sudiga da’vo arizasi topshirdi. Bu haqda Qozog‘iston neft va gazi Telegram-kanali ma’lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, da’vo O‘zbekiston gazini Qozog‘iston hududidan tashish xizmatlari uchun to‘lanmagan taxminan 2 mlnga teng summaga oid hisoblanadi.
Qozog‘iston tomonining talablari Intergaz Markaziy Osiyo mutaxassislarining ma’lumotlari va hisob-kitoblariga asoslanib shakllantirilgan.
O‘ztransgaz e’tirozlarga qo‘shilmayapti, o‘lchov uzelining O‘zbekiston hududida joylashganligini va tomonlarning hisob-kitoblari sezilarli darajada farqlanishini ta’kidlamoqda.
Kompaniyaning huquqiy maslahatchilari da’voni asossiz deb baholab, qarshi talablar kiritishdi. Natijada, “ITSA” AJda ishni ko‘rib chiqish to‘xtatildi va jarayonga tashqi ekspertlar jalb etildi.
O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning o‘n oyi davomida gaz eksporti $568,2 mlnga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,1% ga oshgan.
2023-yilda O‘zbekiston Rossiya gazini Qozog‘iston hududi bo‘ylab “Markaziy Osiyo-Markaz” magistral tizimi orqali teskari rejimda import qilishni boshladi.
2024-yilda mamlakatga 5,64 mlrd kub metr gaz yetkazib berildi. 2025-yilda yetkazib berish hajmi 7,7 mlrd kub metrgacha oshishi kutilmoqda.
Gaz ittifoqi
Rossiya gazining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berilishi 2023-yilning 7-oktabrida boshlandi. Qozog‘iston Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil oxirigacha tranzit hajmi 800 mln kub metrni tashkil etib, yillik hajm 2,8 mlrd kub metr yetishi kutilmoqda.
Oktabr oyi oxirida Aleksey Miller Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya 15 yilga mo‘ljallangan gaz sohasidagi hamkorlik bitimini muhokama qilayotganini ma’lum qildi. Yetkazib berish hajmini oshirish uchun Rossiya davlat kompaniyasi “Markaziy Osiyo-Markaz” gaz quvuri tizimini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Fevral oyi boshida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov O‘zbekiston va Rossiya “ma'lum miqdorda gaz yetkazib berishni ko‘paytirish” bilan yangi uzoq muddatli gaz shartnomasini tuzish masalasini muhokama qilayotganini bildirdi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tgan yili Rossiyadan tabiiy gazni ichki tariflardan ancha qimmat narxda sotib olgan. Ming kub metr narxi $160ni tashkil etgan — bu Turkiya va Xitoy uchun belgilangan narxlardan ancha past. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Rossiya va Turkmanistondan import qilingan gaz narxini konfidensiallikka tayangan holda oshkor qilmadi.
2025-yilda Gazprom O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘rt baravarga — 2,8 mlrd kub metrdan 11 mlrd kub metrgacha oshiradi.
