Aliment to‘lovchi shaxslar sug‘urta polisi orqali chet davlatga borib kelishi mumkin bo‘ladi. Bu haqdagi tegishli nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxslar sug‘urta polisini ilova qilgan holda iltimosnoma bilan murojaat qilganda, davlat ijrochisi ularning chet davlatga chiqishi bo‘yicha vaqtinchalik cheklovni to‘xtatib turadi.
Bu kabi sug‘urta turlari tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urta polisining mavjudligi Majburiy ijro byurosi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining axborot tizimidan avtomatik ravishda aniqlanadi.
2022-yili aliment bo‘yicha qarzdorlar mashina boshqarish huquqidan cheklab qo‘yilishi belgilangandi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda nikoh shartnomalarini targ‘ib qilishni qo‘llab-quvvatlagandi.
