Asterium — O‘zbekistondagi eng yirik kriptomahsulotlar ekotizimi — chegirmalar mavsumi oldidan virtual kartalar uchun to‘lovni bekor qildi va jismoniy kartalar narxini pasaytirdi.

Endi Humo Daily va Asterium Base virtual kartalarini bepul rasmiylashtirish mumkin, Humo Daily va Asterium Start jismoniy kartalarini chiqarish narxi esa uch baravar kamaytirildi.

“Chegirmalar mavsumida hech kimga ortiqcha qadamlar kerak emas. Shu sabab biz kartalarni chiqarish jarayonini maksimal darajada soddalashtirdik: bir nechta teginish — va tayyor. Do‘konlarda yoki onlayn kriptoaktivlar bilan to‘lash endi oddiy karta bilan to‘lagandek oson”, — deydi Asterium CYeO’si Komilxo‘ja Sultonov.

Kriptokarta kriptoaktivlardan kundalik xaridlarda foydalanish imkonini beradi. Asterium HUMO, Visa va Mastercard asosidagi kartalarni chiqaradi. Mablag‘lar kriptoaktivlar ko‘rinishida saqlanadi, to‘lov paytida esa avtomatik ravishda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Bunday kartalar kriptoaktivlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkonini beradi, firibgarlik xavfini kamaytiradi va onlayn hamda oflayn to‘lovlar uchun qulay.

Kartani bu tarzda ochish mumkin:

  1. Asterium rasmiy sayti yoki mobil ilovasiga o‘tish;
  2. Platformada ro‘yxatdan o‘tish;
  3. Identifikatsiya va verifikatsiya jarayonidan o‘tish;
  4. Kriptokartalar tariflari va shartlari bilan tanishish;
  5. Kriptokartani rasmiylashtirish uchun hamyonni to‘ldirish;.
  6. Kriptokarta chiqarish uchun buyurtma berish kerak.

Karta rasmiylashtirish va aktivatsiya bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar Asterium’ning Telegram kanalida va asterium.uz saytida mavjud.

E-mail: info@asterium.uz
Sayt: asterium.uz
Instagram: @asteriumwallet
Telegram: t.me/asterium

Reklama huquqlari asosida.