Avvalroq prezidentning O‘zbekistonda yuridik taʼlim va ilm-fanni yana-da isloh qilish bo‘yicha farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi. Hujjat bilan Toshkent davlat yuridik universitetida klinik va dual taʼlim joriy etiladi.

Hujjat bilan, 2025-yil dekabrgacha Yangi Toshkent hududidan Toshkent davlat yuridik universitetining zamonaviy kampusini barpo etish uchun zarur hudud ajratiladi.

Shuningdek, universitetning zamonaviy kampusini qurish ishlari boshlanadi.

Bunda kampusni loyihalash va qurish jarayoniga hamda uni moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlari jalb etiladi.

Shuningdek, xalqaro, regional va xorijiy banklarning imtiyozli mablag‘larini hamda xorijiy yirik qurilish kompaniyalari ham jalb qilinadi.

Adliya, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirliklari hamda TDYU 2026-yil aprelgacha binolarning loyihalari, o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish doirasida yaratiladigan sharoitlarni arezident Administratsiyasiga taqdim qiladi.

Hukumatning 2024-yil iyun oyida tasdiqlangan “Yangi Toshkent” birinchi tumani qurilishining bosh rejasiga ko‘ra, birinchi bo‘limda “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kampuslari joylashadi.


Avvalroq O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.