Raqobat qo‘mitasi Ozone Fitness korxonasi ijtimoiy tarmoqlarda nomaqbul reklama joylashtirganini aniqladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Holat bo‘yicha “Reklama to‘g‘risida"gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atildi.

Natijasi yuzasidan esa korxonaga moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, korxonaga qonunbuzilish oqibatlarini bartaraf etish hamda kelgusida bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Qo‘mita qarordan norozi bo‘lgan tomon apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga egaligini eslatib o‘tdi.

Sentabr oyida reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan 1Fit‘ga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanilgandi.


Spot, avvalroq, Raqobat qo‘mitasi blogerlar nomidan SI orqali soxta qimor reklamalari tarqatilayotganini aniqlagani haqida yozgandi.