Bugun O‘zbekistonda zamonaviy kompaniyalar faqat mahsulot yoki xizmat bilan emas, balki ichki madaniyat, xodimlarga bo‘lgan munosabat va mehnat unumdorligi orqali ham raqobatlasha boshladi. Ana shunday zamonaviy yondashuv markazida turgan kompaniyalardan biri — Chef Catering.

Chef Catering kompaniyasi bosh direktori Sardor Agzamov quyidagicha izoh beradi:

“Bizning asosiy maqsadimiz — mijozlarimiz faoliyatini quvvatlovchi ishonchli xizmat ko‘rsatish orqali ularning biznes salohiyatini yanada mustahkamlash. Ishchilarning samaradorligi to‘g‘ridan to‘g‘ri ularning sog‘lom va muvozanatli ovqatlanishiga bog‘liq ekanini chuqur anglagan holda, biz ularning kundalik ovqatlanish sifatini eng yuqori darajada ta’minlashga intilamiz. Shu orqali mijoz kompaniyalarning ichki ish muhitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish va umumiy natijadorlikka bevosita hissa qo‘shish biz uchun ustuvor vazifadir”.

chef catering, реклама

Chef Catering 13 yildan beri keytering bozorida bo‘lib, bugungi kunga kelib nafaqat korporativ ovqatlanish xizmatlari bozorida, balki sifat, xavfsizlik va halollik borasida ham peshqadamga aylangan. Kompaniya bu darajaga yillar davomida mehnat, ichki intizom va jamoaviy fidoyilik orqali erishdi.

Xususan, Chef Catering O‘zbekistondagi Halal sertifikatiga ega eng birinchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Ushbu sertifikat diniy talablarga moslikni, ovqat pishirish jarayonlarining gigiyena, etik me’yorlar va shaffoflikka to‘liq mosligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, kompaniya xalqaro darajadagi FSSC 22000 (Food Safety System Certification) sertifikatiga ham ega, bu u ovqat xavfsizligining yuqori standartlariga javob berayotganini anglatadi.

chef catering, реклама

Chef Catering bugungi kunda 1 000 dan ortiq tashkilot bilan faol hamkorlik qiladi. Ular orasida kichik ofislar ham, yirik sanoat gigantlari ham bor. Kompaniya o‘z xizmatlarini 300 dan ortiq manzilda: zavodlar, fabrikalar, maktablar, bog‘chalar va ofislarda ko‘rsatmoqda.

chef catering, реклама

Kompaniya ikki asosiy modelda xizmat ko‘rsatadi:

  1. Maxsus ishlab chiqarish bazasida tayyorlangan ovqatlarni issiq holda va belgilangan vaqtda yetkazib berish.
  2. Hamkor korxonalar hududida jihozlangan oshxonalarda taomlarni joyida tayyorlash.

chef catering, реклама

Bu yondashuv mijozlar ehtiyojiga moslashuvchan xizmat ko‘rsatishga, tashkiliy yuklamalarni kamaytirishga va sanitar xavflarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Chef Catering kelajakda mintaqaviy ekspansiya, texnologik raqamlashtirish va eng asosiysi — “Halol va xavfsiz ovqat” tamoyilini ommalashtirishni maqsad qilgan. Kompaniya nafaqat xizmat, balki madaniyat, ishonch va strategik hamkorlik modeli sifatida rivojlanmoqda.

chef catering, реклама

Xaridor uchun “issiq ovqat” — bir burda non va dam olish lahzasi bo‘lishi mumkin. Lekin ushbu ovqat tayyor bo‘lishi uchun orqada yuzlab insonlar, tartibli ish bosqichlari, harorat va sanitar nazoratlari, xavfsizlik mezonlari turadi. Ana shu har bir bosqich — xalqaro sertifikatlar talabiga javob beradigan darajaga yetkazildi.

Har bir sertifikatni olishdan avval kompaniyada ichki xavf tahlillari, xodimlar gigiyena, xavfsizlik, mehnat madaniyati bo‘yicha maxsus treninglardan o‘tkazildi, yetkazib berishdan tortib ovqat taqdim etilguncha bo‘lgan har bir jarayon hujjatlashtirildi va nazorat qilindi.

chef catering, реклама

Halol sertifikatni olish esa yana alohida e’tiborni talab qildi. Bu mahsulotlar, ingrediyentlar, texnologik liniya, xodimning madaniyati va hatto yuvish vositalarigacha — hammasi diniy va gigiyena talablariga to‘liq mos bo‘lishini anglatadi. Chef Catering esa bu talablarni kundalik odatga aylantirgan.

chef catering, реклама

Bugungi kunda Chef Catering har kuni minglab odamlar salomatligi, kayfiyati va unumdorligi uchun mas’ul bo‘lgan bir butun tizim hisoblanadi. Bu raqamlar ortida turli lavozim va mutaxassislikdagi insonlar turibdi:

  • oziq-ovqat texnologlari;
  • diyetologlar;
  • sifat nazorati mutaxassislari;
  • laboratoriya xodimlari;
  • logistika muhandislari;
  • ta’m va dizaynga javobgar kreativ guruhlar;
  • haydovchilar;
  • oshpazlar va xizmat ko‘rsatuvchilar.

Har birining o‘rnini boshqasi bosa olmaydi — bu haqiqiy jamoaviy mexanizm.

Kompaniya kunlik ravishda 100 mingdan ortiq porsiya ovqat tayyorlaydi. Har kuni minglab insonlar kompaniya tayyorlagan taomni iste’mol qiladi. Ular orasiga zavod ishchilari, ofis xodimlari, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, maktab va universitet o‘quvchilari, xalqaro kompaniya xodimlari va tadbir mehmonlari kiradi.

Bunday yirik hajmdagi xizmatni samarali va sifatli ko‘rsatish — faqat kuchli logistika, barqaror ta’minot zanjiri va ichki nazorat tizimi mavjud bo‘lgandagina mumkin.

Chef Catering bugun bir emas, bir nechta nufuzli sertifikatlar bilan ham tan olingan:

  • ISO 45001:2018 — mehnat salomatligi va xavfsizligini boshqarish tizimi;

  • ISO 14001:2015 — atrof-muhitni boshqarish tizimi;

  • ISO 9001:2015 — sifat menejmenti tizimi.

Ammo bu yorliqlar ortida o‘n yildan oshiq shakllangan mehnat madaniyati, tizim va tamoyillar turibdi. Sifatli xizmat — bir martalik emas, har kuni takrorlanadigan barqaror harakat. Chef Catering aynan shuni isbotlash uchun uzoq yillik ichki islohotlar, texnologik takomillashtirish, xodimlarni o‘qitish, ishlab chiqarish jarayonini bosqichma-bosqich tartibga solish kabi ko‘p qadamli yo‘lni bosib o‘tdi.

chef catering, реклама

O‘z oshxonasini boshqarishi qiyin bo‘lganlar yoki barqarorlikka ehtiyoj sezganlar uchun Chef Catering munosib strategik hamkor hisoblanadi.

Telefon: (+998) 77−021−11−11.

Reklama huquqlari asosida.