Netflix va Warner Bros. Discovery yakuniy kelishuv tuzilganligini e’lon qildi.

Muzokaralar boshlanganidan bir sutkadan ham kamroq vaqt o‘tgach, Netflix va Warner Bros. kelishuvga erishdi.

Onlayn-kinoteatr Warner Bros.ni $82,7 mlrdga, jumladan kinostudiya, HBO tarmog‘i va HBO Max’ni sotib oladi.

Bitim Warner Bros. 2026-yilda allaqachon boshlangan Discovery’dan ajralish jarayonini yakunlaganidan so‘ng amalga oshiriladi.

E’longa ko‘ra, “Katta portlash nazariyasi”, “Garri Potter”, “Soprano klani”, “Taxtlar o‘yini” va DC kinoolamini o‘z ichiga olgan ko‘plab franshizalar Netflix portfelining bir qismiga aylanadi va onlayn-kinoteatrga qo‘shiladi.

Qo‘shilishga qaramay, e’londa Netflix Warner Bros.ning joriy faoliyatini, shu jumladan filmlarni kinoteatrlarda namoyish etishni davom ettirishini ta’kidlangan.

Kompaniya bayonotidan HBO va HBO Max tarmog‘i kontentlari Netflix’da ko‘rsatilsa ham, alohida faoliyat yuritishda davom etadimi yoki yo‘qligi aniq emas.

Bitimni 2026-yilda yakunlash rejalashtirilgan, ammo uni tartibga soluvchi organlar ma’qullashi kerak. Ilgari kino sanoati vakillari bunga to‘sqinlik qilish uchun AQSH Kongressiga murojaat qilgan edi.

Amerika rejissorlar uyushmasi ham Netflix rahbariyati bilan uchrashib, ushbu bitimning oqibatlaridan xavotirlanishini bildirmoqchi.

Soha vakillari Netflix’ning raqamli relizlarga urg‘u berish strategiyasi AQSH kinoteatrlariga katta zarba bo‘lishidan tashvishda, chunki Warner Bros. relizlari har yili katta tomoshabinlar auditoriyasini jalb etadi.


Avvalroq Halyk Bank Qozog‘iston regulyatoridan Click ulushini sotib olishga ruxsat olgani haqida xabar berilgandi.