Bill Geytsdan qishki ta’tilda o‘qish uchun 5 ta kitob

Microsoft asoschisi o‘z blogida yangi yil bayramida mutolaa qilish uchun o‘zi o‘qigan kitoblari ro‘yxatini taqdim etdi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekiston top-menejerlari sun’iy intellektdan qanday foydalanadi?

O‘zbekistonda sun’iy intellekt tobora kundalik hayotga kirib bormoqda: u takroriy vazifalarni yengillashtirib, axborot izlashni tezlashtirmoqda va yangi g‘oyalar paydo bo‘lishiga yordam bermoqda. Spot tadbirkorlar bilan SIning ishda va shaxsiy hayotda qanday imkoniyatlar yaratayotgani haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Oracle PL/SQL nima va unga bozorda talab yuqorimi?

Uzum’da Oracle PL/SQL team lead’i Sardorbek Xo‘jayev Spot’ga ma’lumot bazalari bilan ishlash, jamoa yetakchilari duch keladigan muammolar va ularning yechimlari haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Yer va mol-mulk solig‘idan qarzdor fuqarolarga elektr uchun to‘lovlar cheklanadi

Hududiy elektr tarmoqlari yangi tizim doirasida soliq qarzdorligi 1 mln so‘mdan oshgan jismoniy shaxslarning elektr energiyasi uchun to‘lovlari cheklanishini ma’lum qildi. Bu dastlab Namanganda sinovdan o‘tkaziladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Shahrixondagi ekoreydlarda somsa tandirlari buzib tashlandi. Tuman hokimi esa hayfsan oldi

O‘rganishlarda bir nechta oshxonalardagi tandirlar ekskavator bilan buzilgani jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Muhokamalardan so‘ng hokimlik xabar va videolarni o‘chirib tashladi, viloyat hokimligi esa tuman hokimiga mas’uliyatsizlik uchun hayfsan berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. “Umrimiz paxta dalalarida bekor o‘tdi” — Shavkat Mirziyoyev
    Prezident ilgari olingan hosil xarajatlarni qoplamaganini aytib, sohada boshlangan o‘zgarishlarni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
  2. AQSH 2026-yildan dollarning yangi namunalarini muomalaga kiritadi.
    Yangilangan banknotalar bosqichma-bosqich — $10 lik banknota 2026-yilda, $50 lik 2028-yilda, $20 lik 2030-yilda, $5 lik 2032-yilda va $100 lik banknota esa 2034-yilda muomalaga chiqariladi.
  3. 2026-yildan aholi o‘z soliqlari qayerga sarflanishini onlayn ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
    Ochiq budjet portalida fuqarolarning daromad, mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha to‘lovlari hamda bu mablag‘lar evaziga qaysi loyihalar moliyalashtirilgani haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi.
  4. O‘zbekistonda noyabr oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgardi va bu haqda Markaziy bank nima deydi?
    So‘m ketma-ket yettinchi oy dollarga nisbatan mustahkamlanishda davom etmoqda: noyabr oyida 122 so‘mga, yil boshidan buyon esa 1018 so‘mga qimmatlashdi.
  5. O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasi fuqarolar uchun ochildi.
    Termiz-Hayraton ko‘prigi hududidagi o‘tkazish punktlari qayta ish boshladi.
  6. Maktablarda qishki ta’til qachon boshlanishi ma’lum qilindi.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qishki ta’til 28-dekabrdan, boshlang‘ich sinflar (1−4-sinflar) uchun esa 27-dekabr, shanba kunidan boshlanadi.
  7. AQSH 30 dan ortiq mamlakatga sayohat taqiqini joriy etishi mumkin.
    Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemning qayd etishicha, prezident Tramp mamlakatlarni baholashda davom etmoqda.
  8. 9-dekabrdan Toshkent metrosidagi 16 ta bekatda kassalar yopiladi.
    Ushbu bekatlarda kassalar o‘rniga yangi QR-kodli chiptalar beruvchi apparatlar — infokioskalar ishga tushirilgan.
  9. Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til qachon boshlanishi ma’lum qilindi.
    OTM talabalari, texnikum, kollej va akademik litseylar o‘quvchilari uchun ta’til 28-dekabrdan 10-yanvargacha davom etadi.
  10. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajadagi $61,2 mlrdga yetdi.
    Markaziy bankning xalqaro aktivlari bir oyda $1,89 mlrdga oshdi. Oltin qiymati rekordni yangilab, $50,8 mlrdga yetdi. Valyuta zaxiralari esa sezilarli kamaydi.