Apple korporatsiyasi iOS 26.2 tez orada chiqarilishini e’lon qildi va foydalanuvchilarni yangilanishga tayyorlanishga chaqirdi. Bu haqda hi-tech mail nashri xabar berdi.

Jurnalistlarning aytishicha, iOS 26.2 yaqin kunlar ichida chiqishi kutilmoqda — bunga Release Candidate 2 yangilanishining dastlabki versiyasi chiqarilgani ishora qilmoqda.

Kompaniya ma’lum qilishicha, yangilanish ba’zi xavfsizlik zaifliklarini bartaraf etuvchi muhim tuzatmalarni o‘z ichiga oladi. Shu sababli, kompaniya foydalanuvchilarni yangilanishni zudlik bilan o‘rnatishga tayyor turishga chaqirdi.

Forbes mualliflari iOS 26 milliardga yaqin smartfonni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, barcha iPhone egalariga operatsion tizim (OT) appdeytini e’tiborsiz qoldirmaslikni taklif qilishdi.

“Hech bir foydalanuvchi ikkilanmasligi kerak. Dasturiy ta’minot chiqishi haqida ma’lumot paydo bo‘lishi bilanoq iPhone’ingizni yangilang”, — deya ta’kidladi jurnalistlar.

Shuningdek, ular iOS 26'ning yangi versiyasida firibgarlardan himoya ham paydo bo‘lishini ta’kidladi.

Iyul oyida Apple iOS 26 ning uchinchi beta-versiyasida interfeys dizayniga sezilarli o‘zgarishlar kiritgandi.

Qayd etilishicha, kompaniya taqdim qilgan Liquid Glass vizual uslubi kamroq shaffof, elementlari esa yanada o‘qilishi oson bo‘ldi.

Endi bir qator tizimli va standart ilovalardagi navigatsiya panellari aniqroq “matli” effektga ega bo‘ldi. Bu esa, ayniqsa rang-barang yoki kontrast fon rasmlari ishlatilganda, panellardagi matn va belgilarni yaxshiroq ajratib ko‘rsatishga imkon beradi.