Smart Pikachu insayderi ma’lumotlariga ko‘ra, Apple iPhone 18 Pro modellari uchun ekran osti Face ID texnologiyasini faol ravishda sinovdan o‘tkazmoqda.

Buning uchun kompaniya TrueDepth sensorlar tizimida qo‘llaniladigan infraqizil nurlanish o‘tkazuvchanligini oshirish maqsadida maxsus mikro-teshikli shishadan foydalanmoqda.

Hisobotda, shuningdek, Apple’ning bu harakati allaqachon kompaniya bilan aloqador ta’minotchilarni ishlab chiqarishga tayyorgarlikni jadallashtirishga undagani ta’kidlangan.

Mish-mishlarga ko‘ra, FaceID yangi iPhone’larning ekrani ostiga joylashtirilsa ham, dasturiy funksiya hisoblangan Dynamic Island tizimda saqlanib qoladi.

Shu bilan birga, kamera uchun mo‘ljallangan kesma Android smartfonlaridagi kabi oddiy dumaloq teshikkacha kichrayishi mumkin. Ovozalarga ko‘ra, bu yangilik faqat eng ilg‘or Pro va Pro Max modellariga nasib etadi.

Apple sentabr oyida iPhone 18 Pro modellarini mutlaqo yangi buklanadigan iPhone bilan birga taqdim etishi kutilmoqda. Arzonroq iPhone 18 va iPhone 18e modellari esa faqat 2027-yilning boshida chiqariladi.

Iyun oyida iOS 18da Face ID yordamida ilovalarni bloklash funksiyasi qo‘shilishi haqida xabar berilgandi.

Funksiya ichki iPhone ilovalarini qulflash imkoniyatini beradi, bu esa qo‘shimcha maxfiylik va xavfsizlik darajasini ta’minlaydi.

Avvalroq Spot Apple foydalanuvchilarni iPhone’ni zudlik bilan yangilashga chaqirgani haqida yozgandi.

Kompaniya tomonidan ma’lum qilishicha, yangilanish ba’zi xavfsizlik zaifliklarini bartaraf etuvchi muhim tuzatmalarni o‘z ichiga oladi.