14-dekabrdan boshlab Afrosiyob poyezdlari yangi jadval asosida harakatlanadi. Bu haqda Temiryo‘lekspress matbuot xizmati xabar berdi.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2025−2026-yilgi yuqori tezlikda harkatlanuvchi Afrosiyob elektrapoyezdlari uchun yangi harakat jadvali tasdiqlandi.
Harakat jadvali Toshkentdan Buxoro, Qarshi, Shahrisabz hamda Samarqandga qatnovlarni qamrab oladi. Batafsil quyida tanishish mumkin:
Toshkent-Buxoro-Toshkent
- 778-son: Toshkent 06:10 — Buxoro 10:16;
- 777-son: Buxoro 18:08 — Toshkent 22:16;
- 766-son: Toshkent 07:30 — Buxoro 11:42;
- 765-son: Buxoro 16:16 — Toshkent 20:30;
- 770-son: Toshkent 08:30 — Buxoro 12:42;
- 769-son: Buxoro 15:03 — Toshkent 19:17;
- 772-son: Toshkent 19:48 — Buxoro 00:06;
- 771-son: Buxoro 03:27 — Toshkent 07:42.
Toshkent-Qarshi-Toshkent
- 764-son: Toshkent 06:33 — Qarshi 10:07;
- 763-son: Qarshi 17:29 — Toshkent 21:04.
Toshkent-Shahrisabz-Toshkent
- 774-son: Toshkent 06:33 — Shahrisabz 11:12;
- 773-son: Shahrisabz 16:24 — Toshkent 21:04.
Toshkent-Samarqand-Toshkent
- 768-son: Toshkent 08:00 — Samarqand 10:25;
- 767-son: Samarqand 17:40 — Toshkent 20:07.
Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50% chegirma e’lon qilindi. Undan 18-dekabrdan 12-yanvargacha amalga oshiriladigan mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun foydalanish mumkin. Bundan SV/VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoyezdlari mustasno.
Avvalroq Hyundai Rotem O‘zbekistonga yuqori tezlikdagi poyezdlarining birinchi partiyasini jo‘natgani haqida xabar berilgandi. “Jaloliddin Manguberdi” nomli poyezdning birinchi partiyasi yetti vagondan iborat bo‘lib, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga yetkazilishi kutilmoqda.
