Yevropa Ittifoqi 2035-yildan boshlab ichki yonuv dvigatelli mashinalarga qo‘yilgan to‘liq taqiqni bekor qiladi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.
Ammo avtomobil ishlab chiqaruvchilar chiqindilarni 90% ga kamaytirishga erishishlari kerak bo‘ladi.
2035-yildan boshlab Yevropa Ittifoqidagi avtomobil ishlab chiqaruvchilar yengil avtomobillardan chiqadigan uglerod chiqindilarini 100% ga kamaytirishi, ya’ni benzin va dizel yoqilg‘isida ishlaydigan yangi avtomobillarni sotishni butunlay to‘xtatishi kerak edi.
Lekin avtomobil bozoridagi ishtirokchilarning chaqiriqlari va lobbi harakatlaridan keyin Yevropa Komissiyasi taqiqni bekor qildi.
Buning o‘rniga, 2035-yildan boshlab avtomobil ishlab chiqaruvchilar chiqindi gazlar chiqindilarini 90% ga kamaytirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichni bajarishlari kerak.
Chiqindilarning qolgan 10% ini Yevropa Ittifoqida ishlab chiqarilgan kam uglerodli po‘latdan foydalanish yoki elektr energiyasi va bioyoqilg‘i orqali qoplanadi.
Bu elektr va vodorod dvigatellaridan tashqari gibrid dvigatelli, shuningdek, ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni ishlab chiqarish imkonini beradi.
Reuters nashrining xabar berishicha, Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilari elektromobillar ishlab chiqarmoqda, ammo ularning fikricha, bu mashinalarga bo‘lgan talab kutilgancha emas.
Xaridorlar qimmat elektromobillarni sotib olishga tayyor emas, quvvatlash infratuzilmasi esa yetarli darajada rivojlanmagan. Misol uchun, Ford kompaniyasi elektromobillarga bo‘lgan talab pasayishi fonida gibrid va benzinli modellarga qaytish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Avvalroq O‘zbekistonda elektromobil batareyalarini mahalliy ishlab chiqarish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.
BYD zavodi elektromobillar ishlab chiqarishning to‘liq siklini mahalliylashtirishni yakunladi va butlovchi qismlarni ichki ishlab chiqarishga o‘tkaza boshladi.
