2025-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatning yetakchi raqamli banklaridan biri bo‘lgan Uzum Bank karta biznesi, raqamli texnologiyalar va mijozlar bilan muloqotdagi muvaffaqiyatlari uchun Visa xalqaro to‘lov tizimi tomonidan beshta mukofot bilan taqdirlandi.
Xalqaro to‘lov tizimi ekspertlari har yili hamkor banklar faoliyatini baholab, naqd pulsiz to‘lovlar, xavfsizlik va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishdagi ajoyib yutuqlarni e’tirof etadi.
Xususan, Uzum Bank kartalar emissiyasining sezilarli o‘sishi uchun taqdirlandi — 3,7 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar allaqachon Uzum’ning Visa kartalaridan foydalanmoqda. Bank, shuningdek, raqamli kommunikatsiyalarda yuqori pog‘onalarda va Visa Direct’ni muvaffaqiyatli ishga tushirgani, hamda xavfsizlik sohasidagi zamonaviy yechimlar — Visa Token Services’ni joriy etgani va 3D-autentifikatsiyaning yuqori muvaffaqiyat ko‘rsatkichiga erishgani uchun e’tirof etildi.
“O‘zbekiston fintex sohasida barqaror rivojlanmoqda, raqamli banklar esa moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish va innovatsiyalarni joriy etishda asosiy drayverga aylanmoqda. Hozir biz raqamli xizmatlarni joriy etish tezlashayotganini, to‘lov infratuzilmasining samaradorligi oshayotganini, naqd pulsiz hisob-kitoblar darajasi o‘sib borayotganini va yangi ishtirokchilar hamda xizmatlar paydo bo‘layotganini ko‘rmoqdamiz. Visa’dagi hamkorlarimizga jamoamiz ishini yuqori baholaganlari uchun minnatdorlik bildiramiz, hozirda biz birgalikda yanada katta o‘sishga poydevor yaratmoqdamiz”, — dedi Uzum Bank boshqaruv raisi Svetlana Xe.
Bugungi kunda Uzum Bank mamlakatning eng dinamik rivojlanayotgan raqamli banklaridan biri bo‘lib, O‘zbekistonning zamonaviy fintex-industriyasini shakllantirishda muhim rol o‘ynamoqda. Uzum ekotizimi 20 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega va bankning raqamli xizmatlari kundalik moliyaviy vazifalarni — xususiy mijozlarning individual operatsiyalaridan tortib, tadbirkorlar uchun keng qamrovli yechimlargacha tez va qulay hal qilish imkonini beradi.
Reklama huquqlari asosida.
