Bu yil APEX BANK “Visa premium kartalarini ishga tushirish” nominatsiyasida maxsus mukofotga sazovor bo‘ldi. Ushbu e’tirof Visa bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilgan premium mahsulotlar va xizmatlarning yuqori sifatini tasdiqlaydi. Mazkur hamkorlik tufayli APEX BANK mijozlarga xalqaro darajada keng ko‘lamli imkoniyatlar taqdim etib, dunyo bo‘ylab to‘lovlarning qulayligi va xavfsizligini ta’minlamoqda.

Visa Infinite APEX BANK — metalldan tayyorlangan, eksklyuziv imtiyozlar hamda bonuslar to‘plamini taklif etuvchi premium karta. Karta egalari premium avtomobillar va butiklarga chegirmalardan tortib, gastronomiya, sog‘liqni saqlash va elit ko‘chmas mulkka maxsus takliflargacha bo‘lgan keng imkoniyatlar olamidan foydalanishi mumkin. Bank mijozlarning kundalik hayotini yanada qulay va foydali qilish maqsadida O‘zbekiston va xorijdagi hamkorlar bilan faol hamkorlik olib bormoqda.

Olingan mukofot APEX BANK’ning premium mijozlarga ko‘rsatayotgan xizmat darajasining yuqoriligini hamda taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yana bir bor tasdiqladi. Bank vakillari Visa kompaniyasiga samarali hamkorlik uchun, mijozlarga esa ishonch uchun minnatdorlik bildiradi.

APEX BANK boshqaruv raisi o‘rinbosari Sherzod Majidov shunday dedi:

“Ushbu mukofotni qo‘lga kiritish — Visa bilan hamkorligimizning muhim natijasi va APEX BANK to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlanayotganining isboti. Biz premium mahsulotlarni yanada takomillashtirib, xizmat ko‘rsatish standartlarini yuksaltirish va mijozlarga xalqaro darajadagi yechimlarni taklif etishni davom ettiramiz”.

Bank eng talabchan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida innovatsion yechimlarni rivojlantirishda davom etmoqda. Visa Infinite premium kartalari haqida batafsil ma’lumotni bank sayti yoki sotuv ofislardan olish mumkin.

Telefon: 1881.

Sayt: apexbank.uz
Instagram: @apexbank.uz

Reklama huquqlari asosida.