Space X va Tesla asoschisi Ilon Mask $700 mlrdlik boylikka ega bo‘lgan tarixdagi birinchi odam bo‘ldi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Juma kuni Delaver shtati Oliy sudi Maskka Tesla aksiyalariga opsionlar berishni bekor qilgan quyi sud qarorini bekor qilganidan so‘ng, u $700 mlrdlik boylik bilan tarixdagi birinchi odamga aylandi.

Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, Maskning boyligi hozirda ushbu qaror ustidan muvaffaqiyatli shikoyat qilganidan so‘ng qariyb $749 mlrdni tashkil etadi.

Undan keyingi o‘rinda Google hammuassisi Larri Peyj $242,7 mlrd boylik bilan egallab turibdi. Kuchli uchlikni Oracle korporatsiyasi hammuassisi Larri Ellison $239,4 mlrd bilan yakunladi.

Bir hafta oldin, 16-dekabrda Maskning boyligi birinchi marta $600 mlrddan oshdi. Oktabr oyida ham boyligi u $500 mlrdga yetgan tarixdagi birinchi shaxs bo‘lgandi.

2021-yil noyabr oyida Maskning boyligi $300 mlrdga, 2024-yil dekabr oyida $400 mlrdga, joriy yilning oktabr oyida esa $500 mlrdga yetdi. (Oracle kompaniyasidan Larri Ellison $300 va $400 mlrdlik cho‘qqini zabt etgan yagona boshqa milliarderdir.)

Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, Mask 2033-yil martiga kelib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin. Bunga erishish uchun unga Tesla rahbariyati yaqin 10 yil ichida bir qator maqsadlarga erishganida unga berishga va’da bergan yangi aksiyalar paketi yordam beradi.


Avvalroq Spot Ilon Mask Marsda yashashi va u yerda vafot etishi mumkinligini tan olgani haqida yozgandi.

Tadbirkor Mars Amerikaning bir qismi bo‘lishini ta’kidladi, ammo bu bilan nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritmadi.