Namangan viloyatiga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Avtobuslar Xitoyning Zhongtong Bus kompaniyasida ishlab chiqarilgan.

Taqdimot marosimida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Ishtirokchilar yangi avtobuslarning texnik imkoniyatlari, yo‘lovchilar, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

Taʼkidlanishicha, avtobuslar yaqin kunlar ichida eng muhim yo‘nalishlarda harakatni boshlaydi.

Noyabrda Xorazm viloyatiga 10 ta elektrobus, Guliston shahriga esa 52 ta avtobus olib kelingandi.


Avvalroq Spot 2027-yilgacha turizm uchun olib kiriladigan avtobus va mikroavtobuslar bojdan ozod etilishi haqida yozgandi.