Asterium o‘z servislarini odamlarning kundalik hayotiga moslashtirmoqda. Kriptoaktivlar allaqachon odamlar hayotiga chuqur kirib kelgan va Asterium missiyasi ularni boshqarishni maksimal darajada osonlashtirishdir. Paynet’ning butun mamlakat bo‘ylab 25 000 dan ortiq nuqtasi mavjud. Endi kriptohamyonni istalgan joyda — xizmat ko‘rsatish terminallari, agentlik nuqtalari yoki mobil ilovalar orqali to‘ldirish mumkin. Asterium kriptokartalaridagi tezkor konvertatsiya bilan mablag‘lar darhol ishlatishga tayyor: xaridlar va xizmatlar uchun to‘lash oddiy karta bilan to‘lash kabi qulay.
Asterium kriptohamyonini Paynet orqali naqd pul yoki plastik kartalar yordamida to‘ldirish mumkin. To‘ldirish summasi kuniga 1000 so‘mdan 12,5 mln so‘mgacha.
Kriptohamyonni to‘ldirish juda oson: Paynet’da “Elektron hamyonlar” bo‘limi tanlanadi, so‘ngra — “Asterium — kriptohamyonni to‘ldirish”, o‘n xonali ID raqam kiritiladi (u Asterium platformasi va mobil ilovasida “Profil” bo‘limida mavjud) va ma’lumotlar tekshiriladi. Pul darhol hamyonga so‘mda tushadi.
“Paynet bilan hamkorlik natijasida Asterium kriptohamyonini endi mamlakat bo‘ylab qulay joylarda — Toshkentdan Nukusgacha — to‘ldirish mumkin. Servis odamlar uchun ancha yaqin va qulay bo‘ldi. Kriptoaktivlar bilan ishlash O‘zbekistonda yangi darajaga chiqmoqda va kundalik hayotning bir qismiga aylanmoqda”, — dedi Asterium bosh direktori Komilxo‘ja Sultonov.
Asterium servislarining batafsil ma’lumotlari asterium.uz saytida va Telegram kanalida mavjud.
Reklama huquqlari asosida.
