1−15-dekabr kunlari 28 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanildi. Bu haqda Hududiy elektr tarmoqlari matbuot xizmati xabar berdi.
Xizmat xodimlari 15 kun davomida o‘tkazgan reyd tadbirlari davomida qiymati 16,1 mln kVt/soat elektrdan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlandi.
To‘plangan materiallar yuzasidan qayta hisob-kitob qilinib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
“Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Oktabr oyida 99 mlrd so‘mlik, noyabrda esa 132 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilingandi.
Avvalroq O‘zbekiston Tojikistonga elektr energiyasi eksportini boshlagani haqida xabar berilgandi.
