Yangi yil bayrami munosabati bilan Uzbekistan Airways mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘shimcha parvozlar 28-dekabrdan 11-yanvargacha Toshkentdan Nukus, Buxoro, Urganch, Termiz va Namanganga amalga oshiriladi.
Reyslar quyida ko‘rsatilgan sanalarda bo‘ladi:
- HY015/016 Toshkent-Nukus-Toshkent — 28−31-dekabr va 4, 9, 11-yanvar;
- HY011/012 Toshkent-Nukus-Toshkent — 3, 10-yanvar;
- HY023/024 Toshkent-Buxoro-Toshkent — 28−31-dekabr va 3, 4, 9, 10, 11-yanvar;
- HY059/060 Toshkent-Urganch-Toshkent — 28−31-dekabr va 3, 4, 9, 10, 11-yanvar;
- HY092/091 Namangan-Toshkent-Namangan — 9-yanvar;
- HY069/070 Toshkent-Termiz-Toshkent — 30-dekabr va 10-yanvar.
Uzbekistan Airways talabalar uchun 50% chegirma e’lon qilgandi. Undan 26-dekabrdan 2026-yilning 11-yanvarigacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlar uchun foydalanish mumkin.
Avvalroq Toshkentdan Samarqand va Buxoroga qo‘shimcha Afrosiyob poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.
