2025-yilda 247 ta subyektda sifatsiz neft mahsulotlari savdosi aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.
Aholini sifatli va ekologik toza yonilg‘i bilan ta’minlash uchun inspeksiya nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha joylarda muntazam ravishda reydlar o‘tkazilmoqda.
Olib borilgan nazorat tadbirlarida davomida 799 ta AYoQSH va korxonalardan jami 2 289 ta namuna olinib, tahlil qilindi.
Natijada 247 ta subyektda 8 mln 962 ming litr neft mahsulotlari standartlarga javob bermasligi aniqlandi hamda sifatsiz mahsulotlarning sotuvga chiqarilishi oldi olindi.
Mazur holatlar yuzasidan mahsulot sifatini tiklash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi va ularning bajarilishi nazoratga olindi.
Texnik reglament talablariga javob bermaydigan hamda zararli moddalar chiqindilarini meʼyordan oshiradigan yonilg‘i-moylash materiallarini realizatsiya qilganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangan.
Dekabr oyi boshida O‘zbekistondagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 benzini savdosiga qarshi reydlar boshlangandi.
Spot, avvalroq, O‘zbekistonda yarim oyda 28 mlrd so‘mlik elektr talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
