Mazkur mablag‘lar O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xususiy tarmoq uchun islomiy moliya vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltiriladi.
Ushbu moliyalashtirish ANORBANK’ning strategik maqsadlariga to‘liq mos bo‘lib, xususan, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, xususiy tarmoqni moliyalashtirish hajmini oshirish, islomiy moliyani keng joriy etish hamda O‘zbekiston iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga xizmat qiladi.
Mazkur tashabbus Xususiy tarmoqni rivojlantirish Islom korporatsiyasining a’zo davlatlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xususiy tarmoqni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategiyasiga to‘liq mos keladi.
Bitim Xususiy tarmoqni rivojlantirish Islom korporatsiyasi bosh ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi Dr. Xalid Xalafallah hamda ANORBANK boshqaruvi raisi Sherzod Akramov tomonidan imzolandi.
Mazkur kelishuv XSRIK tomonidan ANORBANK’ga taqdim etilgan ilk moliyalashtirish liniyasi bo‘lib, u O‘zbekistonda xususiy tarmoqni rivojlantirish yo‘lida muhim strategik qadam hisoblanadi. Ushbu hamkorlik kelgusida yangi investitsiyalarni jalb qilish va uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlash uchun zamin yaratadi.
ANORBANK haqida
ANORBANK AJ 2020-yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistondagi tez rivojlanayotgan raqamli banklardan biri hisoblanadi. Bank bugungi kunda 17 ta savdo ofisi hamda raqamli kanallar orqali chakana va korporativ mijozlarga keng qamrovli bank xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.
ANORBANK zamonaviy texnologik yechimlardan foydalangan holda kichik va o‘rta biznes hamda jismoniy shaxslar uchun qulay va tezkor moliyaviy xizmatlarni taklif etadi. Bank ta’lim, ekologiya va ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishlarida loyihalarni amalga oshirib, jumladan, chekka hududlarda moliyaviy savodxonlikni oshirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Xususiy tarmoqni rivojlantirish Islom korporatsiyasi haqida
Xususiy tarmoqni rivojlantirish Islom korporatsiyasi (XSRIK) — Islom Taraqqiyot Banki (ITB) guruhi tarkibiga kiruvchi ko‘p tomonlama moliyaviy institut bo‘lib, a’zo mamlakatlarda xususiy tarmoqni rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida shariat tamoyillariga muvofiq moliyalashtirish hamda investitsiya xizmatlarini taqdim etadi.
Shuningdek, XSRIK davlat va xususiy tashkilotlarga maslahat xizmatlari ko‘rsatib, biznesni rivojlantirish, kengaytirish va modernizatsiya qilishga ko‘maklashadi.
XSRIK xalqaro reyting agentliklari tomonidan yuqori baholangan:
Moody’s — A2, Fitch — A+, S&P — A.
Reklama huquqlari asosida.
