26-dekabr kuni Rossiya Markaziy banki 1000 rubllik yangilangan banknotni muomalaga kiritadi. Bu haqda regulyator o‘z press-relizida ma’lum qildi.

Banknot ranglar palitrasini saqlab qolgan va feruza rangda ishlangan. U nafaqat zamonaviy dizayni bilan, balki kuchaytirilgan himoya vositalari majmuasi bilan ham ajralib turadi.

Oldi tomonning asosiy tasviri Nijniy Novgorod Kremlidagi Nikolskiy minorasi hisoblanadi. Orqa tomonida Saratov avtomobil ko‘prigi, “Meteor-120R” suv osti qanotli kemasi va Qozondagi Dehqonchilik saroyi tasvirlangan.

Banknotda Rossiya banki veb-sayti sahifasiga olib boruvchi QR-kod joylashtirilgan bo‘lib, unda banknotning badiiy bezagi va haqiqiylik belgilari haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Modernizatsiya qilingan banknot bosqichma-bosqich muomalaga chiqariladi va 1997-yil namunasidagi banknotlar bilan bir xil muomalada bo‘ladi.


Avvalroq Spot AQSH 2026-yildan dollarning yangi namunalarini muomalaga kiritishi haqida yozgandi.

Yangilangan banknotalar bosqichma-bosqich — $10 lik banknota 2026-yilda, $50 lik 2028-yilda, $20 lik 2030-yilda, $5 lik 2032-yilda va $100 lik banknota esa 2034-yilda muomalaga chiqariladi.