Markaziy bank o‘lchovli oltin quymalarining qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qilishni boshladi.

Oldin faqat quymalarning sotuv narxi e’lon qilingan bo‘lsa, endilikda ularni qayta sotib olish narxlarini ham kuzatib borish mumkin. Narxlar quyma qadog‘ining holatiga qarab belgilanadi.

5-yanvar holatiga ko‘ra, barcha og‘irlikdagi quymalarni sotish va qaytarib sotib olish o‘rtasidagi tafovut qadog‘i butun holatda 3,8%, qadog‘i buzilgan holatda esa 4,8% atrofida shakllanmoqda.

Xususan, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 8,735 mln so‘mni, uni qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but bo‘lsa — 8,395 mln so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga javob bermasa — 8,311 mln so‘mni tashkil etadi.

Quymalarning sotuv va qayta sotish narxlari batafsil quyida keltirilgan:

Og‘irligi
Sotish narxi
Qaytarib sotib olish narxi
qadog‘i but holatda
qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda (texnik ekspertizadan so‘ng)
5 gramm
8 735 000 so‘m
8 395 000 so‘m
8 311 000 so‘m
10 gramm
17 469 000 so‘m
16 791 000 so‘m
16 621 000 so‘m
20 gramm
34 939 000 so‘m
33 582 000 so‘m
33 243 000 so‘m
50 gramm
87 347 000 so‘m
83 955 000 so‘m
83 107 000 so‘m
100 gramm
174 694 000 so‘m
167 910 000 so‘m
166 214 000 so‘m

Bunda qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalar qaytarib sotib olinishi texnik ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Avvalroq Spot 2030-yilgacha O‘zbekistonda oltin ishlab chiqarish hajmi 175 tonnaga yetkazilishi haqida yozgandi. 2026-yilda kimyo sanoatida $4,5 mlrdlik, asosiy sanoat tarmoqlarida $3 mlrddan, elektrotexnikada $2 mlrdlik va farmatsevtikada $800 mlnlik loyihalar boshlanadi.