2025-yilda Rossiya iqtisodiyotining sun’iy intellekt mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoji 2024-yilga nisbatan taxminan 18% ga oshdi.
J’son & Partners Consulting agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiya rekruting platformalarida sun’iy intellekt mutaxassislari uchun 200 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilingan bo‘lsa, 2024-yilda ularning soni 170 mingga yaqin edi, deb yozadi Vedomosti.
Sun’iy intellekt kadrlari deganda, tahlilchilar sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish va amalga oshirish bilan shug‘ullanadigan keng ko‘lamli mutaxassislar — muhandislar, dasturchilar, tizim arxitektorlari, tahlilchilar va boshqa texnik mutaxassislarni tushunadilar.
Bunday bo‘sh ish o‘rinlari soni tegishli kompetensiyalarga ega bo‘lgan mutaxassislar sonining o‘sishiga qaraganda o‘rtacha 5 foiz punktga tezroq o‘sadi.
J’son & Partners Consulting baholashiga ko‘ra, hozirgi kunda Rossiyada 100 mingdan 120 minggacha sun’iy intellekt mutaxassislari mavjud bo‘lib, bu 2024-yilga nisbatan 15% ko‘pdir.
Ulardan 1−3 ming atrofidagi ML (Machine Learning) muhandislari modellarni o‘qitish bilan shug‘ullanadi, qolganlari esa data science sohasiga tegishli.
hh.ru va Skillaz tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatmoqdaki, 2022-yildan buyon bunday mutaxassislarga bo‘lgan talab ikki barobarga oshgan.
Ulardan 1−3 mingga yaqini modellarni o‘qitish bilan shug‘ullanadi. ML muhandislari (Machine Learning), qolganlari data science sohasiga kiradi.
Sun’iy intellekt sohasida ko‘plab ta’lim dasturlari ishga tushirilganiga qaramay, Rossiyada 2−3 yillik istiqbolda ta’lim oluvchilar soni bilan bozorda talab qilinadigan mutaxassislar o‘rtasidagi farqni kengaytirish uchun sharoitlar saqlanib qolmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda 5 mln sunʼiy intellekt yetakchilari tayyorlanishi haqida yozgandi.
Loyiha doirasida har yili eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkaziladi.
