Google Gmail’da sun’iy intellektga asoslangan xatlarni ko‘rsatishning yangi rejimi e’lon qilindi. Bu haqda kompaniyasining blogida ma’lum qildi.
Xatlar ro‘yxatini xronologik ko‘rsatish o‘rniga, Google foydalanuvchilarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan mavzular haqida qisqacha ma’lumot beruvchi AI xulosasini taklif qiladi.
Masalan, Gmail yozuvni tish shifokoriga ko‘chirishni, murabbiyga javob berishni va sport turnirida qatnashish uchun to‘lovni taklif qilishi mumkin.
AI Inbox (Sun'iy intellekt qutisi) funksiyasi dastlab AQSHdagi sinovchilar uchun va faqat brauzerda mavjud bo‘ladi. Keyinchalik bu funksiya oddiy foydalanuvchilarga ham (obunasiz ham) taqdim etiladi hamda qo‘llab-quvvatlanadigan tillar va hududlar ro‘yxati kengaytiriladi.
Shuningdek, pullik obunasi bo‘lmagan barcha Gmail foydalanuvchilari javoblar uchun shaxsiylashtirilgan maslahatlar, sun’iy intellekt yordamida tuzilgan xabarlar tizmasining sharhlarini, hamda xat yozishga ko‘maklashadigan “Help Me Write” vositasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ilgari bu xizmatlardan faqat pullik obuna egalarigina foydalana olardi.
Google AI Pro va Google AI Ultra obunachilari uchun Gemini yordamida imlo tekshiruvi va elektron pochtada qidiruv kabi yangi funksiyalar joriy etiladi.
Masalan, “O‘tgan yili hammomimni ta’mirlagan santexnik kim edi?” deb so‘ralganida, neyron tarmoq xatlar orasidan uning kontaktini topib beradi.
Avvalroq Gmailda spam xabarlardan obunani ommaviy bekor qilish funksiyasi paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
U “Obunalarni boshqarish” deb nomlangan bo‘lib, foydalanuvchi ilgari ro‘yxatdan o‘tgan va xabar yuborishga ruxsat bergan kompaniyalar hamda xizmatlardan avtomatik tarzda keluvchi xatlarga obunani bekor qilish imkonini beradi.
