Hyundai avtokonserniga tegishli Boston Dynamics kompaniyasi ilk bor Atlas nomli odamsimon robotni jamoatchilikka namoyish etdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.
Bu namoyish gumanoid robototexnika rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi va bozordagi Tesla hamda boshqa yirik texnologiya kompaniyalari o‘rtasidagi raqobatni yanada kuchaytirdi. Ushbu ma’lumot 1news nashrida e’lon qilindi.
Taqdimot chog‘ida Atlas mustaqil ravishda yerdan turdi, sahnada ishonch bilan yurdi, tomoshabinlarga qo‘l siltadi va tanasi hamda boshining ravon harakatlarini namoyish etdi.


Boston Dynamics kompaniyasining odamsimon robotlar yo‘nalishi bosh menejeri Zakariy Yakovskining aytishicha, ko‘rgazmada robotni muhandis masofadan boshqargan bo‘lsa-da, amaliy sharoitlarda Atlas avtonom tarzda harakatlanadi va vazifalarni bajaradi.
Atlas roboti inson o‘lchamidagi to‘liq aylanuvchi bo‘g‘inlari orqali 50 kg gacha yuk ko‘tara oladi. Shuningdek, u −20°C dan +40°C gacha bo‘lgan haroratlarda ishlay oladi.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, robotning seriyali versiyasi allaqachon ishlab chiqilmoqda va ishlab chiqarishda foydalanish uchun mo‘ljallangan.
2028-yilga kelib Atlas kompaniyasi Hyundai kompaniyasining Jorjiya shtatidagi elektromobillar ishlab chiqaruvchi zavodida avtomobillarni yig‘ishda yordam berishni boshlashi kutilmoqda.
2030-yilga borib, robotlar yanada murakkab yig‘uv jarayonlariga ham jalb qilinadi. Bu haqda Hyundai Las-Vegasda bo‘lib o‘tayotgan CES texnologiya ko‘rgazmasi doirasida bergan bayonotida ma’lum qildi.
Avvalroq Pekinda odamsimon robotlarni o‘qitishga mo‘ljallangan maktab ish boshlagani haqida xabar berilgandi.
Bu ta’lim muassasasining maqsadi ishlab chiqarish korxonalari, tibbiyot muassasalari va kundalik turmushda faoliyat yuritadigan yordamchilarni tayyorlashdan iborat.


