13-yanvar kuni O‘zbekistonda o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Oltinning bir grammi 1 843 060 so‘m bo‘lib, uning qiymati o‘tgan dushanbaga nisbatan 2,3% dan ortiqqa oshgan. Og‘irligi 5 gramm bo‘lgan quyma esa 9 mln 215 ming so‘mga baholanmoqda.

Quymalarning sotuv va qayta sotish narxlari batafsil quyida keltirilgan:

Og‘irligi
Sotish narxi
Qaytarib sotib olish narxi
qadog‘i but holatda
qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda (texnik ekspertizadan so‘ng)
5 gramm
9 215 000 so‘m
8 857 000 so‘m
8 768 000 so‘m
10 gramm
18 431 000 so‘m
17 715 000 so‘m
17 536 000 so‘m
20 gramm
36 861 000 so‘m
35 430 000 so‘m
35 072 000 so‘m
50 gramm
92 153 000 so‘m
88 574 000 so‘m
87 680 000 so‘m
100 gramm
184 306 000 so‘m
177 148 000 so‘m
175 359 000 so‘m

Jahon bozorida ham oltin narxi oshishda davom etmoqda. 13-yanvar kuni oltinning jahon kotirovkalari bir troya unsiyasi uchun qariyb $460 dan oshdi.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $4604 ni tashkil qildi.

markaziy bank, oltin, oltin quymalar

Markaziy bank 2026-yildan boshlab o‘lchovli oltin quymalarining qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qilishni boshladi. Oldin faqat quymalarning sotuv narxi e’lon qilingan bo‘lsa, endilikda ularni qayta sotib olish narxlarini ham kuzatib borish mumkin. Narxlar quyma qadog‘ining holatiga qarab belgilanadi.

Avvalroq O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket besh oy davomida yangi rekordlarni o‘rnatgani haqida xabar berilgandi. 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari rekord darajadagi $66,31 mlrdga yetdi.