14-yanvar kuni O‘zbekistonda o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Oltinning bir grammi 1 852 300 so‘m bo‘lib, uning qiymati o‘tgan kunga nisbatan 0,5% dan ortiqqa oshgan. Og‘irligi 5 gramm bo‘lgan quyma esa 9 mln 262 ming so‘mga baholanmoqda.

Quymalarning sotuv va qayta sotish narxlari batafsil quyida keltirilgan:

Og‘irligi
Sotish narxi
Qaytarib sotib olish narxi
qadog‘i but holatda
qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda (texnik ekspertizadan so‘ng)
5 gramm
9 262 000 so‘m
8 902 000 so‘m
8 812 000 so‘m
10 gramm
18 523 000 so‘m
17 804 000 so‘m
17 624 000 so‘m
20 gramm
37 046 000 so‘m
35 607 000 so‘m
35 248 000 so‘m
50 gramm
92 615 000 so‘m
89 019 000 so‘m
88 119 000 so‘m
100 gramm
185 230 000 so‘m
178 037 000 so‘m
176 239 000 so‘m

Jahon bozorida ham oltin narxi oshishda davom etmoqda. 14-yanvar kuni oltinning jahon kotirovkalari bir troya unsiyasi uchun qariyb $4630 dan oshdi.

Qimmatbaho metallarga bo‘lgan talabni rag‘batlantiruvchi omillardan biri AQSH Federal zaxira tizimi rahbari Jerom Pauellga nisbatan o‘tkazilayotgan tergov bo‘ldi.

Pauellning o‘zi buni Donald Trampning Amerika markaziy bankiga bosim o‘tkazishga urinishi sifatida baholamoqda.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $4633,35 ni tashkil qildi.

markaziy bank, oltin, oltin quymalar

Markaziy bank 2026-yildan boshlab o‘lchovli oltin quymalarining qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qilishni boshladi. Oldin faqat quymalarning sotuv narxi e’lon qilingan bo‘lsa, endilikda ularni qayta sotib olish narxlarini ham kuzatib borish mumkin. Narxlar quyma qadog‘ining holatiga qarab belgilanadi.

Avvalroq O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket besh oy davomida yangi rekordlarni o‘rnatgani haqida xabar berilgandi. 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari rekord darajadagi $66,31 mlrdga yetdi.