Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov BAAning Katawazi Group of Companies kompaniyasi raisi o‘rinbosari Nurullax Katavazay bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Uchrashuvda kompaniya raisi Muhammad Mirza Katavazay onlayn tarzda ishtirok etdi.
Qator sohalarda faoliyat yurituvchi mazkur yirik kompaniya bilan viloyatda qimmatbaho metall rudalarini qayta ishlashga qaratilgan investitsion loyihani amalga oshirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida tomonlar loyihani amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdi.
Shuningdek, texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqish, loyihani bosqichma-bosqich joriy etish va tashkiliy-huquqiy masalalar bo‘yicha amaliy ishlarni boshlashga kelishib olindi.
Viloyat rahbari hokimlik tomonidan mazkur loyihani amaldagi qonunchilik talablari doirasida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga to‘liq tayyor ekanini alohida ta‘kidladi.
Uchrashuv yakunida viloyat delegatsiyasining 7−9-yanvar kunlari BAAga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha viloyat Bojxona boshqarmasi boshlig‘i hisobot berdi.
Dekabr oyida prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Surxondaryodagi qazilma boyliklar $600 mlrdga baholangani, biroq bu salohiyatning hatto 10%i ham ishga solinmagani aytilgan edi.
Avvalroq yengil sanoat korxonalariga $2 mlngacha kreditlar ajratilishi haqida xabar berilgandi.
