Avtomobillar uchun ekostikerlarni qanday onlayn olish mumkin? Qo‘llanma
Spot avtomobillar uchun ekologik stikerlarni olish tartibi bo‘yicha ma’lumotlarni bir joyga jamladi.

YTT va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun maxsus QR-kod: u nima va qanday ishlaydi?
2026-yildan boshlab YTT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar maxsus QR-kodni olishlari shart. Spot bu nimaligi, qanday rasmiylashtirish mumkinligi hamda qanday jarimalar mavjudligini tushuntiradi.
Tahdid emas, tuzatish davri: avtomaktablar “prava” bo‘yicha yangi talablar haqida
Spot avtomaktablar vakillari bilan yangi qoidalar bozorga qanday ta’sir qilishi, o‘qishga bo‘lgan talab qanday bo‘lishi va biznes o‘z faoliyatini bu o‘zgarishlarga qanday moslashtirishi haqida suhbatlashdi.
2025-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti qanchaga o‘sdi?
Real iqtisodiy o‘sish 7,7% ni tashkil etib, yalpi ichki mahsulot 1,85 kvdrln so‘mga yetdi. Asosiy kapitalga investitsiyalar 10,5% ga o‘sdi.
Xorijda ta’lim: Germaniyada DAAD granti asosida tahsil olayotgan Quvonchbek Otabekov hikoyasi
Germaniyada DAAD granti asosida tahsil olayotgan Quvonchbek Otabekov Spot’ga grantni qo‘lga kiritish siri, nemis universitetlaridagi akademik erkinlik hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.
Masterskaya: biznes 8 yil ichida qanday o‘zgardi va nega mahorat darslaridan voz kechdi?
Loyiha hammuassisi Delya Haydarova Spot’ga mahorat darslari to‘xtatilishi sabablari va O‘zbekistonda san’at bozoridagi hozirgi holat haqida so‘zlab berdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Sanoat korxonalarini poytaxtdan tashqariga ko‘chirish boshlandi
Jarayon doirasida Toshkentdagi 87 ta korxona modernizatsiya sharti bilan ko‘chiriladi, O‘zikkilamchiranglimetall esa Jizzax viloyatiga ko‘chirilishi belgilandi. - O‘zbekistonda 82 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar importiga bojlar bekor qilindi. Ro‘yxat
Nol darajali import bojlari 2021-yil kuzida joriy etilgan va 2024-yilgacha amal qilgan edi. Endi ular 2027-yilgacha uzaytirildi. - Apple Pay va Google Pay’ni ishga tushirishga oid shaxsga doir ma’lumotlar haqidagi qonun loyihasi Senatga yuborildi
Xorijiy xizmatlar o‘zbekistonliklarning ayrim turdagi ma‘lumotlarini chet elda qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. - Energetika vazirligi sovuq ob-havo sabab O‘zbekistonda metan zapravkalari yopilganini tan oldi
Qayd etilishicha, qator hududlarda vazirlik tomonidan quvurlardagi bosimni tiklash va me’yoriy darajaga keltirish ishlari olib borilmoqda. - Onlayn kredit olishda firibgarlikka uchraganlardan kreditni undirish to‘xtatiladi
Yangi nizomga ko‘ra, frod holati natijasida rasmiylashtirilgan onlayn kreditlar bo‘yicha fuqarolardan qarz undirilmaydi. - Onlayn mikroqarz olish tartibi o‘zgardi: bir kunda faqat 1 ta bankdan
Foydalanuvchi ma’lumotlari reyestr orqali tekshiriladi. Agar kredit rasmiylashtirilsa, bir JSHSHIR bo‘yicha 24 soat davomida boshqa kredit tashkilotlari so‘rov yubora olmaydi. - Sunʼiy intellekt orqali shaxsiy maʼlumotlarni o‘zgartirganlar jarimaga tortiladi
Qonun bilan SIdan foydalanib shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish yoki ularni internetda tarqatish uchun javobgarlik belgilandi. - 1-fevraldan O‘zbekistonda chiqqaniga 50 yildan oshgan avtomobillardan foydalanish taqiqlanadi
Og‘ir yuk avtomobillari, kon va shaxtalarda foydalaniladigan maxsus transportlar, yo‘nalishsiz taksilar hamda antikvar avtomobillar uchun alohida davlat raqamlari joriy etiladi. - “Yillik stavka 180% gacha”: Markaziy bank kechiktirilgan kredit to‘lovlari uchun penyalarni qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi
Banklar kreditlar bo‘yicha kechiktirilgan to‘lovlar uchun belgilayotgan jarima, penya va oshirilgan foiz stavkalari qarz oluvchilarga haddan tashqari moliyaviy yuklama yaratayotgani qayd etildi. - “1 so‘m o‘rniga 2 so‘m”: rasmiylar Sea Breeze loyihasi uchun fermerlarga kompensatsiya to‘lovlari haqida
Loyiha doirasida xatlovdan o‘tkazilgan yerlar uchun to‘lovlar Sea Breeze Uzbekistan tomonidan kelasi haftada amalga oshiriladi.





