Akseleratsiya dasturi gibrid formatda — onlayn va oflayn tarzda, 12 hafta davomida o‘tkaziladi. Har bir mavsum doirasida 20 tagacha startap saralab olinadi. Dastur yakunida Demo Day tashkil etilib, unda ishtirokchi jamoalar o‘z loyihalarini investorlar, investitsiya fondlari va korporativ hamkorlar e’tiboriga taqdim etadi.
Investment Readiness Accelerator amaliy natijaga yo‘naltirilgan dastur bo‘lib, mahsuloti ishlayotgan, dastlabki moliyaviy ko‘rsatkichlarga ega va biznesni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan jamoalar uchun mo‘ljallangan. Dastur doirasida startaplar daromadni oshirish, masshtablash hamda investitsiya bitimlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratadi.
Investment Readiness Accelerator Qozog‘istonda amaliy natijalar orqali o‘z samaradorligini namoyon etdi. Dastur bitiruvchilari orasida daromad ko‘rsatkichlarini oshirgan va yirik investitsiyalar jalb qilgan loyihalar mavjud. Xususan, CTOGram ($2 mlndan ortiq investitsiya), Garderob ($2,6 mln investitsiya) hamda Cerebra AI ($4 mlndan ortiq investitsiya) shular jumlasidandir.
Akseleratorning O‘zbekistonda ishga tushirilishi MOST va C-Space o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdagi navbatdagi qadam bo‘lib, u tadbirkorlik tajribasi, investitsion ekspertiza hamda bozorga kirish imkoniyatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirishga qaratilgan.
Dastur muhim ustunliklaridan biri — startaplarni joriy bosqichdan investitsiya bitimi va masshtablash bosqichiga olib chiqishga qaratilgan tajribali edvayzerlar va bozor amaliyotchilari jamoasidir. Jumladan:
- Pavel Koktyshev — MOST Holding bosh direktori;
- Baxt Niyazov — Justart VC Studio asoschisi, venchur investor;
- Dilmurod Xodiev — C-Space bosh direktori;
- Farrux Maksumov — C-Space Startup Center bosh direktori.
Dastur yo‘nalishi
Investment Readiness Accelerator aniq natijaga — pul oqimining o‘sishi va investitsiyaga tayyorlikka qaratilgan. Dastur davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda ishlaydi:
- daromad va asosiy biznes-metrikalarni oshirish;
- kompaniyani investitsiya jalb qilishga va fondlar bilan ishlashga tayyorlash;
- bitim strukturasi va kapital jalb qilish shartlarini ishlab chiqish, jumladan SAFE;
- kengayish va o‘sish strategiyasini shakllantirish;
- investorlar bilan aloqaga chiqish va sifatli deal flow yaratish.
Ishtirokchilar intensiv formatda — shaxsiy trekerlar, investorlar va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar orqali ishlaydi. Dastur bitiruvchilari uchun potensial investitsiya hajmi $200 ming yetishi mumkin.
Dastur kimlar uchun
Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi mezonlarga javob beradigan startaplar taklif etiladi:
- Geografiyasi — O‘zbekiston.
- Bosqich — pre-seed yoki seed.
- Tayyor MVP mavjudligi.
- Oyiga kamida $1000 MRR.
- Kamida 2 kishilik jamoa.
- Mijoz va bozorni tushunish.
- Investitsiya bitimiga tayyorgarlik, jumladan SAFE.
Investment Readiness Accelerator MOST C-Space Hub’ning Markaziy Osiyoda investitsiya bozorini rivojlantirish va texnologik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ekotizim tashabbuslari doirasida amalga oshiriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad — institutsional va xususiy investorlar bilan ishlashga tayyor yangi avlod startaplarini shakllantirishdan iborat.
Pavel Koktyshev, MOST Holding bosh direktori:
“Investment Readiness Acceleratorning asosiy missiyasi — biznes o‘sishiga amaliy yordam berish. Tadbirkorlar million dollarlik kompaniyalar qurishi va iqtisodiyotni real natijalar orqali mustahkamlashi mumkin. Bozorga biznesdek fikrlaydigan startaplar, ya’ni raqamlarni biladigan, mijozni tushunadigan va bitimni to‘g‘ri tizimlashtira oladigan jamoalar kerak”.
Dilmurod Xodiev, C-Space bosh direktori:
“Dastur ma’ruza tinglash uchun emas, balki daromadda o‘sish va real bitimlarga chiqishga mo‘ljallangan. O‘zbekiston bugun jadal o‘sish bosqichida. MOST ekspertizasi bilan birga biz startaplarni o‘lchanadigan natijalarga olib chiqamiz”.
Tigran Bekmullin, SQB Ventures bosh direktori:
“Investment Readiness Accelerator kabi tashabbuslarni yaqindan qo‘llab-quvvatlash biz uchun muhim. Aynan shunday dasturlar Markaziy Osiyo bozorida investitsion muhitni mustahkamlab, startaplarning real biznesga aylanishi va barqaror o‘sishi uchun zarur sharoitlarni yaratadi”.
Arizalar joriy yilning 9-fevraliga qadar qabul qilinadi. Joylar soni cheklangan.
Batafsil ma’lumot: investready.uz
Reklama huquqlari asosida.

