Uzautotrans Servis kompaniyasi Toshkent-Sankt-Peterburg yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan Rossiyaning shimoliy poytaxtiga haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari jo‘naydi. Birinchi avtobus 23-fevral kuni soat 17:00 da yo‘lga chiqadi.
Sankt-Peterburgga yo‘lda Moskvadagi “Novoyasenevskaya” avtovokzalida oraliq to‘xtash amalga oshiriladi. Shuningdek, dushanba va juma kunlari soat 17:00 da dan qaytish reyslari amalga oshiriladi.
Avtobus chiptasi narxi 1,2 mln so‘mni tashkil etadi.
Ayni paytda Toshkentdan xalqaro avtobusda Rossiyaning 17 ta shahriga, jumladan, Moskva, Nijniy Novgorod, Qozon, Samara, Tolyatti, Perm, Ufa va Novosibirskka borish mumkin.
Transport vazirligi 2025-yilda Krasnodarga, shuningdek, Surxondaryodan Moskvaga O‘zbekiston poytaxtiga kirmasdan avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.
Avvalroq o‘zbekistonlik haydovchilarning Rossiyada bo‘lish muddati 90 kundan 180 kungacha uzaytirilishi haqida xabar berilgandi.
Tadbirkor limit tugashi bilan, yuk mashinalari haydovchilari mamlakatga kira olmayotganini maʼlum qildi. RF hukumati qonunchilikka o‘zgartirish kiritishi kutilmoqda.
