O‘zbekiston va Pokiston transport sohasida qator kelishuvlarga erishdi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Transport vaziri o‘rinbosari Mamanbiy Omarov boshchiligidagi delegatsiya Shavkat Mirziyoyevning avvalroq e’lon qilingan tashrifi arafasida Pokistonga bordi. Unda Pokiston tomoni bilan tranzit va infratuzilma tashabbuslari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Dengiz ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Umar Zafar Shayx va Karachi porti raisi Shahid Ahmad Omarov bilan Pokiston dengiz portlari orqali yuk tashish uchun qulay sharoitlar yaratish masalasini muhokama qildilar. O‘zbekistonlik investorlarga bir qator imtiyozlar berish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar Karachida O‘zbekiston tovarlari uchun omborlar tashkil etishga kelishib oldilar.

Shuningdek, mehmonlar Pokiston temir yo‘l vaziri o‘rinbosari Mazhar Ali Shoh bilan uchrashdi. Loyihalashtirilayotgan O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston (Trans-afg‘on magistrali) temir yo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish doirasida dala tadqiqotlarini boshlash bo‘yicha kelishuv asosiy natija bo‘ldi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi aloqa vaziri o‘rinbosari Ali Shoh Mas’ud bilan Pokiston-Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston transport yo‘lagini yaratish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. U bo‘yicha pilot tashuvlar shu oyning oxirigacha rejalashtirilgan.

Noyabr oyida Pokiston Xitoy va Qirg‘iziston orqali O‘zbekistonga yuk tashishni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.

Bunda Pokistondan tovarlarni Tojikiston va O‘zbekiston orqali shimoliy va boshqa mamlakatlarga yetkazib berish uchun yo‘nalish yaratiladi.