Texnologiya bozorining yirik vakillaridan biri — CDTI kompaniyasi va Uzcard to‘lov tizimi ekvayring tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qiladi.

CDTI O‘zbekistonda Smart Ecosystem fintex-yechimlar ekotizimini rivojlantirib kelmoqda. Bu tizim o‘z ichiga Smart Business (sobiq UZKASSA), A-Pay, Supply va Silen kabi mahsulotlarni oladi. Mazkur xizmatlardan butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlar va aholi kundalik ravishda foydalanmoqda.

cdti, reklama, uzcard

Ko‘lam va mas’uliyat

Bugungi kunda Smart Business (sobiq UZKASSA) platformasi O‘zbekiston onlayn-kassalar bozorining 30%idan ortig‘ini egallagan. CDTI’ning mamlakat bo‘ylab 90 dan ziyod ofislari tadbirkorlarga biznesni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda doimiy ko‘mak berib kelmoqda.

Raqamli o‘zgarishlar shiddatli tus olgan hozirgi davrda shunchaki mahsulot yaratishning o‘zi yetarli emas — eng muhimi, barqaror rivojlanish modelini qurishdir.

“Biz texnologiya va biznes o‘rtasidagi eng muhim bog‘lovchi bo‘g‘inmiz. Bizning eng katta boyligimiz — bu tadbirkorning ishonchi. Biz mijozga: „Terminalingiz qachon ishlashini bilmaymiz“, deb aytishga haqqimiz yo‘q. Servis — bu kafolat demakdir”, — deya ta’kidlashdi CDTI’da.

CDTI pozitsiyasi

Hozirgi vaqtda bozorda HUMO protsessing markazi tomonidan belgilangan aniq shartlar va operatsion reglamentlarning mavjud emasligi kuzatilmoqda. Bunday vaziyatda CDTI o‘z mijozlariga ushbu to‘lov tizimi xizmatlarining uzluksiz ishlashini kafolatlay olmaydi.

Tadbirkorlarni ortiqcha xatarlardan himoya qilish va bozorda noaniqlik paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida, CDTI terminallarni HUMO protsessingiga ulash va ro‘yxatdan o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi.

cdti, reklama, uzcard

Uzcard bilan rivojlanish strategiyasi

Biznesning to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash maqsadida, CDTI faoliyatni kengaytirish uchun strategik hamkor sifatida shaffof va texnologik jihatdan barqaror shartlarni taklif qilgan UZCARD tizimini tanladi.

cdti, reklama, uzcard

Tomonlar yaqin 90 kunga mo‘ljallangan va POS-yechimlar qamrovini kengaytirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi"ni (Roadmap) kelishib oldilar. Yaqin orada bozorga tadbirkorlar uchun oson ulanish va ishonchli qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan maxsus takliflar taqdim etiladi.

CDTI UZCARD bilan hamkorlikni yuqori qadrlaydi hamda ochiqlik va bozor manfaatlari tamoyillariga asoslangan yuksak natijalarga erishishni ko‘zlaydi.

Reklama huquqlari asosida.