Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikum xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tartibi belgilandi. Bu haqdagi tegishli nizom hukumat qarori bilan tasdiqlandi.
Hujjat xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan texnikumlarda ushbu dasturlarni o‘qitishga jalb etilgan xodimlar uchun mehnatga haq to‘lash, ustamalar belgilash va rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
Bu tartib o‘qituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori, bosh buxgalter hamda xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlariga tatbiq etiladi.
Nizomga ko‘ra, ushbu xodimlarning ish haqi miqdorlariga har oylik 100%lik ustama budjetdan to‘lanadi.
Yillik xarajatlar smetalarini tuzishda shtatlar jadvali va tarifikatsiyalarni shakllantirish jarayonida ularning tarif stavkasiga qo‘shimcha tarzda belgilanadi.
Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini o‘qitishga jalb etilgan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga rag‘batlantirish miqdorini belgilash bo‘yicha texnikumda doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tuziladi.
Ishchi guruhlarning qarorlari ochiq ovoz berish orqali yig‘ilishda ishtirok etayotgan aʼzolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Qabul qilingan qarorlar ishchi guruh rahbarlari tomonidan tasdiqlangan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Bir yillik maktabga tayyorlov dasturi majburiy umumiy o‘rta taʼlimga kiritiladi
Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bir yillik maktabga tayyorlov dasturi majburiy umumiy o‘rta taʼlimga kiritilishi taʼkidlangandi.
Avvalroq Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda infratuzilma va ta’limga $164 mln ajratishi haqida xabar berilgandi.
