Bugungi kunda biznes uchun tovarlarni tez, qulay va ortiqcha qog‘ozbozliksiz xarid qilish muhim hisoblanadi. Ofis, ishlab chiqarish, klinika yoki ta’lim muassasasi uchun kerakli mahsulotlarni oddiy internet-do‘kondan xarid qilgandek oson buyurtma qilishni hamma istaydi. Aynan shu maqsadda Bigmart.uz B2B marketpleysii o‘z platformasini yangilab, korporativ mijozlar uchun yangi imkoniyatlarni joriy qildi.
Bigmart.uz asoschisi Ilhom Omonovning ta’kidlashicha, platforma biznesning kundalik vazifalarini hal qilish uchun yaratilgan.

Ilhom Omonov,
Bigmart.uz asoschisi.
“Biz Bigmart.uz platformasini maksimal darajada sodda va qulay qilishga harakat qildik. Saytni ochasiz, tovarni tanlaysiz, to‘laysiz va yetkazib berishni qabul qilasiz — ortiqcha qog‘ozbozlik va keraksiz harakatlarsiz. Bu biznes vaqtini tejaydi va xaridlarni rahbariyat uchun shaffof qiladi”.
Platformada qanday yangiliklar bor?
Korporativ karta orqali to‘lov. Endi buyurtmalarni korporativ bank kartasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bigmart.uz saytida to‘lash mumkin — to‘lov topshiriqlari va bank o‘tkazmalari rasmiylashtirish talab etilmaydi. Buyurtmani rasmiylashtirish va to‘lash bir necha daqiqa vaqt oladi.
24 soat ichida bepul yetkazib berish. Bigmart.uz buyurtmalarni rasmiylashtirish va to‘lov amalga oshirilgandan keyin 24 soat ichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ofisga yetkazib beradi. Hozirgi vaqtda bepul yetkazib berish xizmati Toshkent shahrida amalga oshirilmoqda va bosqichma-bosqich hududlarda ham yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bir joyda 60 000 dan ortiq tovar. Platformada biznes uchun barcha zarur mahsulotlar mavjud: kanselyariya buyumlari, xo‘jalik mahsulotlari, maishiy kimyo vositalari, choy va kofe, mebel, texnika va boshqalar. Endi turli yetkazib beruvchilarni qidirish shart emas — barchasi bitta platformada jamlangan. Shuningdek, platformaga yangi sotuvchi kompaniyalar qo‘shilib, assortiment doimiy ravishda kengaymoqda.

Internet-bank orqali xarid qilish. Hamkor banklar mijozlari Bigmart.uz tovarlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri internet-bank yoki bankning mobil ilovasi orqali, boshqa saytlarga o‘tmasdan xarid qilishlari mumkin.
Bugungi kunda platformada 1000 dan ortiq kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning soni kun sayin ortib bormoqda.

Nega biznes Bigmart.uz'ni tanlaydi:
- xaridlarga ketadigan vaqt tejaladi;
- tezkor to‘lov va yetkazib berish;
- xarajatlarning shaffofligi;
- barcha biznes tovarlari bir joyda.
Servis sifatiga Kapital Bank, Akfa Group, EPAM, Team University, Ground Zero, Murad Buildings, AVO Bank, Wildberries Uzbekistan, Tehnikum, Genau va mamlakatdagi boshqa ko‘plab yirik kompaniyalar yuqori baho berib, muntazam foydalanib kelmoqda.

Bigmart.uz saytiga kirib, kerakli tovarlarni tanlab, o‘tkazma yoki korporativ karta orqali to‘lovni amalga oshirish hamda buyurtmani ertasi kunyoq qabul qilish mumkin.
“Bigmart.uz — biznes uchun xaridlar endi tez, qulay va shaffo”.
Reklama huquqlari asosida.
