InfinBANK mijozlarning barqarorlik va ishonchlilikka bo‘lgan talabiga javob berib, o‘zining shartlari bilan ajralib turadigan yangi omonatni taqdim etmoqda.

Infin Yangilik valyuta omonati yuqori daromadlilik, moslashuvchanlik va qulaylikni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, aynan bugungi kunda barqarorlikka va mablag‘larni oqilona ko‘paytirishga intilayotgan mijozlar izlayotgan imkoniyatdir.

Infin Yangilik — 18 oylik muddatga mo‘ljallangan, yillik 7% foiz stavkasiga ega xorijiy valyutadagi omonat. Omonatni ochish uchun minimal summa $500 bo‘lib, yuqori chegara belgilanmagan.

Omonatning asosiy afzalliklaridan biri uning moslashuvchan shartlaridir. Mijoz dastlabki uch oy ichida omonatni to‘ldirishi, shuningdek, minimal qoldiqni saqlab qolgan holda mablag‘larni qisman yechib olishi mumkin. Bu, ayniqsa, kelajakda moliyalashtirishni rejalashtirayotgan, harakat erkinligini saqlab qolmoqchi bo‘lganlar uchun dolzarbdir.

Foizlarni hisoblashdagi yondashuv alohida e’tiborga loyiq. Omonat muddatidan oldin yopilgan taqdirda ham, daromad saqlanib qoladi:

  • 12 oygacha yopilganda yillik 6,3% stavka qo‘llaniladi;
  • 13-oydan boshlab mijoz yillik 7% to‘liq stavkani oladi.

Shu bilan birga, agar omonat 12 oydan oldin yopilsa, ilgari to‘langan foizlar 6,3% stavkada qayta hisoblanadi va omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi. 12 oydan so‘ng foizlar to‘liq miqdorda yillik 7% stavkada to‘lanadi. Bunday mexanizm shartlarning mijoz uchun shaffof va tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi.

Infin Yangilik’ni InfinBANK mobil ilovasida ham, bankning istalgan filialida ham bir necha daqiqada ochish mumkin.

Infin Yangilik bu mutlaqo ishonchli omonat: yuqori stavka, valyuta daromadi va ortiqcha cheklovlarsiz shartlar. Ishonchlilik, shaffoflik va puxta o‘ylangan moliyaviy vositalarni qadrlaydigan insonlar uchun yechim.

Tafsilotlarni 1214 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, mobil ilova yoki veb-sayt orqali bilib olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.