Market Yandex Go buyurtmalar xavfsizligini ta’minlash va himoya mexanizmlarini doimiy ravishda takomillashtirib bormoqda. Endilikda platformada smartfonlar, planshetlar va noutbuklar kabi qimmatbaho tovarlarga maxsus bir martalik plombalar o‘rnatiladi. Yangi yechim hamkorlarning tovarlarini ishonchliroq himoya qiladi va foydalanuvchilarning Market Yandex Go’da xarid qilishdagi ishonchini oshiradi.

Plombalar tovar logistika zanjiri bo‘ylab harakatlanishidan oldin skladda o‘rnatiladi. Bu esa yetkazib berishning keyingi bosqichlarida mahsulotni almashtirish yoki o‘g‘rilash xavfini kamaytiradi.
Plombaning asosiy vazifasi — qadoq ochilganini ko‘rsatib berish. Buning uchun maxsus yopishqoq qatlamli signal plomba qo‘llanadi: uni yechishga urinishda plomba buziladi va ko‘zga tashlanadigan iz qoldiradi. Uni izsiz qayta tiklashning imkoni yo‘q.

Agar yetkazib berish yoki qaytarish vaqtida plomba shikastlangani aniqlansa, mahsulot darhol sotuvdan olinadi va qo‘shimcha tekshiruvga yuboriladi. Tovar almashtirilgani yoki quti ochilgani tasdiqlansa, ishni huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda Market Yandex Go xavfsizlik xizmati davom ettiradi.
Reklama huquqlari asosida.
