Asterium uchun Consensus Hong Kong’da qatnashish mamlakat chegaralaridan chiqish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Kompaniya global bozorga chiqayotganini va O‘zbekistondagi fintex yechimlari jahon kriptoekotizimining to‘laqonli qismi bo‘lib, xalqaro maydonda raqobatlasha olishini namoyish etdi.

Ko‘rgazmaning uch kuni davomida Asterium stendiga rekord darajada — 15 000 dan ortiq mehmon tashrif buyurdi. Mehmonlar Asterium platformasi bilan tanishdi, uni joyida sinab ko‘rdi, Visa va Mastercard xalqaro kriptokartalar liniyasi bilan tanishdi, hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi va samolyot-stend fonida suratga tushdi.

“Biz ko‘rgazma mehmonlariga mahsulotlarimiz qanday qilib yagona ekotizimda ishlashini ko‘rsatdik. Kartalar yordamida butun dunyo bo‘ylab xaridlar amalga oshiriladi, aktivlar esa avtomatik tarzda konvertatsiya qilinadi — ortiqcha harakatlarsiz. Hamyon kripto-aktivlarni saqlash va boshqarish imkonini beradi, birja esa xavfsiz savdo qilish va mablag‘larni kartalarga bir zumda o‘tkazishni ta’minlaydi. Barchasi oddiy va tushunarli, yagona platforma doirasida. Bunga 24/7 mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatini ham qo‘shiladi. Mahsulotimiz xalqaro bozorda o‘z o‘rnini egallash uchun barcha imkoniyatlarga ega”, — dedi Asterium bosh direktori Komilxo‘ja Sultonov.

Asterium — O‘zbekistondagi yirik kriptoekotizimlardan biri bo‘lib, kriptodo‘kon, kriptobirja va kriptodepozitariyni birlashtiradi. Barcha faoliyatlar O‘zbekiston Milliy istiqbolli loyihalar agentligi tomonidan litsenziyalangan.

Asterium qo‘llab-quvvatlash xizmati 24/7.

Telefon: (+998) 78−777−55−58.

E-mail: support@asterium.uz
Instagram: @asteriumwallet
Telegram: t.me/asteriumwallet
Telegram-bot: t.me/AsteriumHelpBot

Reklama huquqlari asosida.