O‘zbekistonda dollar kursi yana pasaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
19-fevraldan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 12 132,48 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 5 so‘m 38 tiyinga pasaydi.
Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasi hamda banklardagi valyuta kurslari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
2025-yilning yanvar-dekabr oylari yakuniga ko‘ra, milliy valyuta dollarga nisbatan 6,93% ga yoki deyarli 900 so‘mga mustahkamlanib, 12025,23 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bankning Ichki valyuta bozori sharhida qayd etilishicha, so‘mning mustahkamlanishi tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini o‘rtacha 6−7% gacha qisqardi.
2026-yil yanvar oyi yakuniga ko‘ra, so‘m ketma-ket ikkinchi oy dollarga nisbatan zaiflashishda davom etdi. O‘tgan oyda milliy valyuta AQSH dollariga nisbatan 173,77 so‘mga yoki 1,45% ga arzonlashib, 12 199,1 so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq 2025-yilda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari qariyb $19 mlrdga yetgani haqida xabar berilgandi. Mamlakatga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 27,2% ga oshib, $18,9 mlrdni tashkil etdi. Bunga asosan rubl kursining mustahkamlanishi va migrantlar oqimining ko‘payishi ta’sir qildi.
