Dastur yangi hamkorlarga ko‘maklashish, servisning amaldagi hamkorlari avtoparkini kengaytirish va yangilashga qaratilgan. Dastur doirasida 10 tadan 100 tagacha transport vositasini xarid qilib, liniyaga chiqaradigan taksoparklar qo‘llab-quvvatlanadi. Ishtirokchilar biznes yuritish bo‘yicha ham yordam oladi. Bu yordamga Yandex Uzbekistan hamkorlaridan maxsus lizing shartlari, avtomobil xaridiga chegirmalar hamda buyurtmalarni, moliyani va avtoparkni boshqarish bo‘yicha o‘quv dasturlari ham kiradi.

Dasturda qatnashish uchun hamkorlar, jumladan, servis talablari bo‘yicha ishlab chiqarilgan yili va rusumi mos keladigan avtomobillarni sotib olib, ularni buyurtmalarni bajarish uchun birinchi marta servisga ulashi kerak. Yangi dasturda loyiha doirasida qatnasha oladigan avtomobillar ro‘yxati kengaytirildi — endi Komfort, Komfort+ va Elektro tariflari uchun 6 ta emas, 154 ta model qabul qilinadi. Mashinalarni liniyaga chiqarish shartnomada belgilangan individual reja asosida amalga oshiriladi.
Servis hamkorlari ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil fevral holatiga park bilan ishlayotgan 10 ta avtomobilning o‘rtacha kunlik tushumi taxminan 250 000 so‘mni tashkil etadi. Agar hamkor 10 ta yoki undan ortiq avtomobilni ijaraga topshirsa, kuniga 3 mln so‘mgacha daromad olishi mumkin. Platformaning avtomatlashtirilgan vositalari operatsion xarajatlarni kamaytirish va biznes boshqaruvini soddalashtirishga yordam beradi.

Dastur ishtirokchisi bo‘lish uchun ham yangi, ham amaldagi hamkorlar ariza topshirishi mumkin. Dastur Toshkent shahridagi hamkorlar uchun amal qiladi. Yangi hamkorlar uchun taksi yoki unga yaqin sohalarda tajriba bo‘lishi ustunlik hisoblanadi, ammo bu majburiy emas. Arizalar kelib tushish tartibida ko‘rib chiqiladi. Dasturda ishtirok etuvchi transport vositalari soni cheklangan.
Ariza topshirish va batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishish mumkin.
Natijalar va daromad miqdori farq qilishi mumkin, hamda kafolatlanmaydi.
Reklama huquqlari asosida.
