O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
20-fevraldan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 12 169,41 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 36 so‘m 93 tiyinga oshdi.
Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasi hamda banklardagi valyuta kurslari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
2025-yilning yanvar-dekabr oylari yakuniga ko‘ra, milliy valyuta dollarga nisbatan 6,93% ga yoki deyarli 900 so‘mga mustahkamlanib, 12025,23 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bankning Ichki valyuta bozori sharhida qayd etilishicha, so‘mning mustahkamlanishi tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini o‘rtacha 6−7% gacha qisqardi.
2026-yil yanvar oyi yakuniga ko‘ra, so‘m ketma-ket ikkinchi oy dollarga nisbatan zaiflashishda davom etdi. O‘tgan oyda milliy valyuta AQSH dollariga nisbatan 173,77 so‘mga yoki 1,45% ga arzonlashib, 12 199,1 so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq 2025-yilda O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari qariyb $19 mlrdga yetgani haqida xabar berilgandi. Mamlakatga kelib tushgan pul o‘tkazmalari 27,2% ga oshib, $18,9 mlrdni tashkil etdi. Bunga asosan rubl kursining mustahkamlanishi va migrantlar oqimining ko‘payishi ta’sir qildi.
