16-fevral kuni Toshkent shahrida Air Tashkent ko‘magida tashkil etilgan ilk xususiy aviatsiya akademiyalaridan biri — Easy to Fly Academy (ETFA)ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu kuni Air Tashkent va Amerikaning texnologik kompaniyasi Samson Sky hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolab, fuqarolik aviatsiyasi va aviatsiya texnologiyalari sohasidagi o‘zaro aloqalarning yangi bosqichini boshlab berdi.

easy to fly academy, reklama

Soha uchun kadrlar tayyorlash

ETFA havaskor uchuvchilar va bortkuzatuvchilarni tezkor tayyorlashga ixtisoslashgan. Ta’lim muddati taxminan ikki oy bo‘lib, tibbiy-uchuvchilik ekspert komissiyasidan o‘tgan 18 yoshdan katta nomzodlarga mo‘ljallangan.

Ta’lim darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar turlicha: bortkuzatuvchi bo‘lish uchun o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestat yetarli, uchuvchi tayyorlash uchun esa kamida o‘rta maxsus ma’lumot (kollej yoki litsey) talab etiladi.

Dastur yakunida bitiruvchilar milliy aviatsiya regulyatori tomonidan tan olinadigan akademiya sertifikatini oladilar. Sinov imtihonlarini topshirgach, ular davlat namunadagi havaskor uchuvchi guvohnomasini olishlari va O‘zbekiston aviakompaniyalarida tanlov asosida ishga joylashishga da’vogarlik qilishlari mumkin.

easy to fly academy, reklama

Akademiyaning o‘ziga xos jihati — aviatsiya sohasida endigina qadam qo‘yayotganlar uchun “noldan” o‘qish imkoniyati mavjudligi. Ta’lim jarayonida Amerika tayyorlov modeli asosidagi zamonaviy texnologiyalar va metodikalardan foydalaniladi.

easy to fly academy, reklama

“Easy to Fly Academyni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar Easy to Fly sertifikatini oladilar, u O‘zbekiston Fuqarolik aviatsiyasi agentligi tomonidan tan olinadi. Bitiruvchilar agentlikda test imtihonlarini topshirib, davlat namunadagi havaskor uchuvchi guvohnomasini qo‘lga kiritadilar. Har bir davlat uchuvchilik guvohnomalarini tan olish bo‘yicha o‘z qoidalariga ega. Odatda, agar bitiruvchi, masalan, AQShda uchishni rejalashtirsa, qo‘shimcha imtihonlardan o‘tib malakasini tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng guvohnoma validatsiya qilinadi va u parvozlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi”, — dedi Lyubomir Dyu, Easy to Fly Academy uchuvchilar tayyorlash yo‘nalishi direktori.

Xalqaro tan olinishi va istiqbollar

Havaskor uchuvchi guvohnomasi parvoz amalga oshirilishi rejalashtirilgan mamlakatda qo‘shimcha imtihonlardan o‘tilgach, xorijda ham tasdiqlanishi mumkin. Bunday yondashuv aviatsiya malakalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha xalqaro amaliyotga mos keladi.

easy to fly academy, reklama

“Akademiya faol rivojlanadi — bunga ishonchim komil, chunki biz eng ilg‘or texnologiyalar va ta’lim metodlaridan, xususan, Amerika ta’lim falsafasidan foydalanamiz. Shu bilan birga, bizda avval ishga joylashib, keyin o‘qish sharti yo‘q. Istagan har bir kishi qabul qilingandan so‘ng 65 kun ichida o‘z orzusiga — butun dunyo bo‘ylab parvoz qilishga yaqinlashishi mumkin”, — dedi Anvar Sulaymonov, Easy to Fly Academy bortkuzatuvchilar tayyorlash yo‘nalishi direktori, Air Tashkent direktorining o‘rinbosari.

Texnologik hamkorlik va innovator tashrifi

Akademiya ochilishi doirasida Samson Sky rahbari — uchuvchi sport avtomobili ishlab chiquvchi kompaniya vakili O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif o‘quv markazi ishga tushirilishi va innovatsion aviatsion yechimlar taqdimotiga bag‘ishlandi.

Kompaniya vakillari Markaziy Osiyoga istiqbolli bozor sifatida qiziqish bildirib, o‘zbekistonlik hamkorlar bilan aviatsiya texnologiyalari va kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladilar.

Soha uchun ahamiyati

ETFA ochilishi va hamkorlik memorandumi imzolanishi xususiy aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish hamda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi texnologik aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi yo‘nalishni aks ettiradi.

Loyiha fuqarolik aviatsiyasi kadrlar salohiyatini kengaytirish, aviatsiya ta’limi ommabopligini oshirish va milliy sohani global aviatsiya ekotizimiga integratsiya qilishga qaratilgan.

easy to fly academy, reklama

“O‘zbekistonga ikki sabab bilan keldim. Birinchisi, Toshkentdagi o‘quv markazining ochilishini nishonlash, bu haqiqatan ham ajoyib voqea. Ikkinchisi, uchar sport “pichoq-avtomobil"ni bu yerga olib kelib, namoyish qilish. Bundan tashqari, yaqinda prezident Donald Tramp bizning guruhimizni tabrikladi va biz bu yo‘nalishda ishlarni davom ettirmoqdamiz. Markaziy Osiyo — e’tibor va hurmatga loyiq istiqbolli mintaqa va bozor”, — dedi Sem Bousfild, Samson Sky aviatsiya kompaniyasi asoschisi.

easy to fly academy, reklama

Easy to Fly Academy haqida

Easy to Fly Academy — tijorat va xususiy aviatsiya uchun mutaxassislar, shuningdek bortkuzatuvchilar tayyorlaydigan zamonaviy aviatsiya akademiyasi.

Ta’lim ICAO xalqaro standartlariga muvofiq olib boriladi hamda nazariya, amaliyot va trenajyor mashg‘ulotlari uyg‘unligiga asoslanadi.

Sayt: easytofly.uz
Instagram: @easytoflyacademy.uz

Reklama huquqlari asosida.