2026-yilda O‘zbekistonda moliyaviy sektorning raqamli transformatsiyasi tobora masofaviy kanallardagi funksiyalar soni bilan emas, balki arxitektura yechimlarining sifati bilan belgilanmoqda. Bugungi kunda asosiy e’tibor o‘zgarishlar tezligi, IT-landshaft barqarorligi, biznesning vendorga qaram emasligiga hamda texnologik va iqtisodiy cheklovlarsiz faoliyat ko‘lamini kengaytirish imkoniyatiga qaratilmoqda.
Aynan ushbu tamoyillar 2026-yil yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga asosan aktivlar hajmi bo‘yicha eng yirik 30 ta MMT qatoriga kiruvchi “Biznesni rivojlantirish mikromoliyaviy tashkiloti” MCHJ uchun Fido Biznes tomonidan amalga oshirilgan loyihaning asosini tashkil etdi.
Tezkor ishga tushirish va ma’lumotlarni to‘liq migratsiya qilish
FB NKO’ni joriy etish loyihasi qisqa muddatda amalga oshirildi: 2−3 hafta ichida eski IT-yechimdan tarixiy ma’lumotlar va amaldagi shartnomalarni o‘z ichiga olgan holda to‘liq migratsiya bajarildi. 16 700 ta mijoz yozuvi shartnomalari bilan birga ko‘chirildi. Bevosita o‘tish 2 kunni tashkil etdi va operatsion faoliyatni to‘xtatmasdan hamda ma’lumotlar yo‘qotilmasdan amalga oshirildi.
Bir vaqtning o‘zida MMT xodimlari o‘qitildi, bu esa uzoq davom etadigan moslashuvsiz tizimni tezkor ravishda sanoat ekspluatatsiyasiga chiqarish imkonini berdi.
FB NKO arxitekturasi hamkorning MMT sifatidagi amaldagi maqomini va uning bank formatiga — mikromoliya bankidan an’anaviy bankgacha — transformatsiyasini inobatga oladi. Platforma IT-yadroni almashtirmasdan, ma’lumotlarni qayta migratsiya qilmasdan va asosiy biznes-jarayonlarni qayta ishlab chiqmasdan yangi regulyator formatiga o‘tish imkonini beradi.
Loyiha doirasida Kredit-axborot tahliliy markazi (KATM), Kredit axborotining davlat reyestri (KADR), Garov reyestri, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, E-Gov, Xazna, Paynet hamda mikromoliya tashilotlarining (MMT) o‘z mobil ilovasi kabi tashqi va regulyator tizimlar bilan barcha zarur integratsiyalar amalga oshirildi.
Joriy etilgandan so‘ng arizaning kredit konveyeri bo‘ylab o‘tishining o‘rtacha vaqti 2 daqiqagacha qisqardi, bu kredit jarayonining tezkorligini oshirdi.
Asosiy omil Fido Biznesning migratsion loyihalardagi ekspertizasi va barqaror o‘sish uchun texnologik asos yaratishga imkon beruvchi platformaviy yondashuvni qo‘llash bo‘ldi.
CRM tizimi va kredit jarayonining boshqaruvchanligi
Loyiha doirasida FB NKO’ning o‘rnatilgan CRM tizimi joriy etildi, u yagona boshqariladigan kredit konturini shakllantiradi. Yechim mijoz bilan ishlashning to‘liq siklini — dastlabki murojaatdan amaldagi shartnomalarni kuzatib borishgacha — qamrab oladi.
CRM tizimi kredit konveyerini, o‘rnatilgan skoring mexanizmlari hamda ichki nazorat vositalarini o‘z ichiga oladi. Bu qaror qabul qilish jarayonini markazlashgan holda boshqarish, kredit portfeli sifatini nazorat qilish hamda risklarni boshqarish bo‘linmasi va rahbariyat uchun jarayonlarning shaffofligini ta’minlaydi.
“Biz uchun IT-tizimni shunchaki yangilash emas, balki biznesni keyingi bosqichda rivojlantirishga xizmat qiladigan arxitekturani yaratish edi. FB NKO platformasiga o‘tish qisqa muddatlarda va operatsion faoliyatni to‘xtatmasdan amalga oshirildi”, — deya ta’kidladi Iskandar Djumanov, “Biznesni rivojlantirish mikromoliyaviy tashkiloti” MCHJ vakili.
Islomiy moliya: mikroservis arxitekturasi va xalqaro standartlar
Loyiha doirasida “Islomiy moliya” yechimi — Fido Biznes’ning mikroservis arxitekturasi asosida yaratilgan mustaqil platformasi ishga tushirildi. Mikroservis yondashuvi funksional modullarni mustaqil rivojlantirish, o‘zgarishlarni nuqtaviy joriy etish va butun tizimni to‘xtatmasdan servislarni masshtablash imkonini beradi.
Murabaha, ijara, salam va parallel salam, shuningdek hamkorlik modellari — mudaraba va musharaka joriy etildi. Mahsulotlar avtomatlashtirilgan konveyerga integratsiya qilingan bo‘lib, operatsiyalarni hisobga olish, to‘lov jadvalini hisoblash va so‘ndirish mexanizmlarini ta’minlaydi, bu esa portfel shaffofligi va boshqaruvchanligini ta’minlaydi.
Mikroservis arxitekturasi moliya tashkilotiga platformaning kodiga aralashmagan holda, ochiq API orqali o‘z servislarini ishlab chiqish hamda joriy etish imkonini beradi. Bu texnologik mustaqillikni ta’minlaydi va yangi mahsulotlarni bozorga chiqarishni tezlashtiradi.
Yechim AAOIFI standartlari bo‘yicha sertifikatlangan bo‘lib, bu uning metodologik yondashuvi va moliyaviy hisob yuritish tizimi islomiy moliya talablariga to‘liq mos ekanini tasdiqlaydi hamda mazkur yo‘nalishni kengaytirish, jumladan bank formatiga o‘tish imkonini beradi.
Integratsiyalar va ochiq arxitektura
FB NKO rivojlangan API arxitekturasiga ega ochiq platforma sifatida loyihalashtirilgan. Tashqi tizimlar, raqamli kanallar va mobil bank bilan integratsiya uchun standart API usullari to‘plami joriy etilgan bo‘lib, platforma yadrosiga aralashuv talab etilmaydi.
Maxsus ssenariylar yuzaga kelganda, qo‘shimcha metodlar loyiha doirasida arxitektura va distributiv kod yaxlitligini saqlagan holda ishlab chiqiladi.
Platforma davlat servislarini va regulyator konturlarini ulashni qo‘llab-quvvatlaydi, bu MMTga raqamli ekotizim rivojlanish dinamikasini mustaqil belgilash imkonini beradi.

Oybek Xo‘jayev,
loyihalarni boshqarish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari.
“Biz hamkorlarimizning raqamli kanallarni rivojlantirish tashabbuslarini cheklamaymiz. Ochiq API arxitekturasi tashqi xizmatlarni ulash va o‘z mahsulotlarini, jumladan mobil bankni rivojlantirish imkoniyatini beradi”.
FAPI Laboratory va to‘lov jarayonlarini avtomatlashtirish
Loyiha doirasida moliyaviy va to‘lov jarayonlarini avtomatlashtirish yechimi bo‘lgan FAPI Laboratory platformasi ulandi.
FAPI Laboratory asosida to‘lov xizmatlari va bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali kreditni onlayn uzish mexanizmlari joriy etildi. Bu mijozlarga xizmat ko‘rsatishni osonlashtiradi, to‘lov intizomini yaxshilaydi va operatsion yuklamani kamaytiradi.
To‘lov jarayonlarini avtomatlashtirish kredit portfeli o‘sishini boshqariladigan va barqaror qiladi.
FB NKO — biznes o‘sishini ta’minlovchi platformaviy yechim
FB NKO — mikromoliyaviy tashkilotlar uchun mo‘ljallangan modulli platforma bo‘lib, yuklama ostida barqaror ishlashga yo‘naltirilgan. Arxitektura yuqori unumdorlikni ta’minlaydi va eskirgan tizimlarga xos tipik muammolarni istisno etadi.
Ichki buxgalteriya, boshqaruv hisobi, regulyator hisobotlari, aktivlarni tasniflash va zaxiralarni hisoblash modullari joriy etilgan.
Markaz va boshqa tartibga soluvchi tizimlar bilan o‘zaro aloqa avtomatlashtirilgan. Biznes qoidalarini moslashuvchan tarzda sozlash imkoniyati distributsiya kodini o‘zgartirmasdan va ishlab chiqaruvchiga murojaat qilmasdan yangi mahsulotlarni ishga tushirishga imkon beradi, bu esa mahsulotni bozorga chiqarish muddatini qisqartiradi.
“Ushbu loyihada biz ongli ravishda arxitekturaga urg‘u berdik. FB NKO ochiq API, yuqori unumdorlik va tizim yadrosini o‘zgartirmasdan yangi mahsulotlarni ishga tushirish imkoniyati bilan platforma sifatida loyihalashtirilgan”, — dedi Oybek Xo‘jayev.
Yashirin cheklovlarsiz masshtabni kengaytirish
FB NKO platformaviy yondashuvi egalik qiymatini aktivlar yoki kredit portfeli hajmiga bog‘lamaydi. Bu IT iqtisodiyotining prognoz qilinadiganligini ta’minlaydi va qo‘shimcha texnologik hamda moliyaviy to‘siqlarsiz masshtablash imkonini beradi.
Loyiha arxitekturaviy raqamlashtirish o‘sishning amaliy vositasi ekanini ko‘rsatdi. FB NKO’ga o‘tish boshqariladigan kredit konturi, mahsulotlarni (jumladan islomiy moliya) sanoat miqyosida ishga tushirish, ochiq integratsion model va IT-landshaftni “qayta ishga tushirmasdan” bank formatiga o‘tishga tayyorgarlikni ta’minladi.
Reklama huquqlari asosida.
