AQSH Rossiyaga qarshi cheklov choralarini bekor qilishning ehtimoliy variantlarini tahlil qilish bo‘yicha tayyorgarlikning asosiy qismini yakunladi, deb yozadi RIA Novosti The Economist nashriga tayanib.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yozda Amerika huquqshunoslari prezident Donald Tramp muzokaralarning yangi bosqichini boshlashni talab qilganidan so‘ng “kechasi-yu kunduzi ishlaganlar”.

Bu faoliyatning asosiy maqsadi Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalarni bekor qilishning turli xil ehtimoliy ssenariylarini puxta o‘rganish bo‘lgan.

“Tayyorgarlik ishlarining sezilarli qismi allaqachon amalga oshirilgan,” deya ta’kidlaydi nashr.

Ekspertlar cheklov choralarini bekor qilishning ehtimoliy huquqiy va texnik jihatlarini tahlil qilib chiqishdi.

Moskvada bir necha yil oldin G‘arb tomonidan boshlangan sanksiyalar bosimini mamlakat yengib o‘ta olishi haqida qayta-qayta ta’kidlab kelingan.

Rossiya rahbariyati G‘arb davlatlarida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning samarasizligini tan olishga qat’iyat yetishmayotganini alohida ta’kidlagan.

Fevral oyi boshida Bloomberg AQSH Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalarni tayyorlab qo‘ygani haqida yozgandi.

Biroq hozircha bu cheklovlarning qabul qilinishiga doir hech qanday belgilar ko‘rinmayapti.

O‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida Bloomberg vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, AQSH Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlayotgani haqida yozgan edi.

Variantlar neft tashuvchi Rossiya tankerlarining “yashirin floti” kemalarini, shuningdek, operatsiyalarga ko‘maklashuvchi treyderlarni ta’qib qilishni nazarda tutadi, deb xabar berdi Bloomberg manbalari.

Bloomberg 4-fevral kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus operatsiyasi” boshlanganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan 24-fevralga mo‘ljallangan yangi sanksiyalar paketini tayyorlagani haqida xabar berdi.

Yevropa amaldorlari ma’lum qilishicha, Yevropa Rossiyaning “soya floti"ga qarshi choralarni kuchaytirmoqda. Ularning ta’kidlashicha, bu qadamlar “o‘tga o‘t bilan javob berish” tamoyilidan ko‘ra, sekin va izchil zarba berishga o‘xshaydi.

Hozircha Yevropa Ittifoqining 20-cheklovlar paketini qabul qilish kechiktirilmoqda, biroq Yevrokomissiya uni istalgan kuni qabul qilishi mumkin, deya ma’lum qildi Politico nashri.