Avvalroq prezident 2026-yil uchun davlat dasturini tasdiqlagani haqida xabar berilgandi.

Hujjat bilan, yil oxirigacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida fuqaro nomiga ochilgan bank kartasi va sim-kartalarni ko‘rish imkonini beruvchi xizmat yo‘lga qo‘yiladi.

Xususan, fuqarolar my.gov.uz portali orqali fuqarolarga o‘z nomiga nechta bank kartasi va nechta mobil aloqa raqami rasmiylashtirilganini ko‘ra oladi.

Zarur hollarda portal orqali ushbu kartalar yoki raqamlarni yopish uchun ariza yuborish imkoniyati yaratiladi.

Bunda banklar va mobil aloqa operatorlarining axborot tizimlari bilan xavfsiz API orqali integratsiya o‘rnatiladi. O‘z navbatida bu real vaqt rejimida maʼlumot almashish imkoniyatini yaratadi.

Ushbu jarayonda ijro uchun asosiy masʼul etib Raqamli texnologiyalar vazirligi belgilandi.

Yanvar oyida prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bank kartalarini Yagona portal orqali onlayn ochish imkoni yaratilishi taʼkidlangandi. Shuningdek, 50 dan ortiq xizmatlarda sun‘iy intellekt texnologiyalari joriy etilishi aytilgan.

Avvalroq kelasi o‘quv yilidan ayrim texnikum o‘quvchilariga 1,2 mln so‘mgacha stipendiya berilishi haqida xabar berilgandi.