UZINFOCOM AI Labs LLC va Abu Dabi dengiz akademiyasi tomonidan imzolangan hujjat sun’iy intellekt infratuzilmasini mustahkamlash, amaliy yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, qo‘shma texnologik tashabbuslarni amalga oshirish uchun ekspertizani birlashtirishni nazarda tutadi.

reklama, uzinfocom

Hamkorlik doirasida amaliy tajriba almashish, tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirish va hamkorlikning barqaror mexanizmlarini shakllantirish rejalashtirilgan.

Bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash va sun’iy intellekt sohasidagi kompetensiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Hamkorlik sun’iy intellekt yechimlarini keng miqyosda qo‘llash uchun shart-sharoitlar yaratish va tomonlarning texnologik salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan.

Reklama huquqlari asosida.